Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.18K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Mahallada_duv_duv_gap

2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"


O'zbekiston tumani Zinasha mahallasi aholisi va yoshlari uchun hududdagi 59- umumta'lim maktab binosida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔰Unda mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan, islohotlar, tinchlik qadri, bugungi kunga shukronalik, sog'lom ma'naviy muhitni yaratish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni xalqqa yetkazish hamda 2024 yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilinishi, yoshlarga va tadbirkorlarga yaratib berilayotgan shart sharoitlar va keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

2024 - YIL “YOSHLAR VA BIZNESNI QÒLLAB-QUVVATLASH YILI”


Beshariq tumani Kum MFY aholisi xamda 33-IDUM o'qituvchi va o'quvchilari o‘rtasida "Yangi hayot uchun-Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis deputati Sh.Sharofuddinov, tuman hokimi o‘rinbosari G.Yuldasheva, tuman Ma’naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari N.Mamatova, "Oqila ayollar harakati" a’zosi, tuman xotin-qizlar targ‘ibot guruhi a’zosi U.Turayeva, MFY xodimlari aholining turli qatlam vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda ma’naviy qadriyatlar, ularni asrab qolish, ajdodlar merosiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va munosiblik, salbiy holatlarning oldini olish, ezgu maqsadlar sari dadil borish, burch va vazifalar haqida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Maktabning ijodkor o'quvchilari ijrosidagi milliy qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan bo‘lsa, iste’dodli o'quvchilar ijrosidagi Ona Vatan, ota-ona haqidagi she’rlari qalblarga ezgulik nurlarini olib kira oldi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

Rishton tumani Markaziy o‘yingohida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “
Mahallada duv-duv gap” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

1 500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari Zarifjon Umarov va 52788-harbiy qism komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Abduhayot Umarov ochib berdi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi yillarda yangicha qiyofa kasb etayotgan maskanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va xususiy "Alpomish" harbiylashtirilgan maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Yangragan ko‘y-qo‘shiqlarda Vatan madhi, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi va betakrorligi tarannum etildi.

Qolaversa 52788-harbiy qismning jangovar chiqishlari va qurol-aslaha ko‘rgazmalari, 07648- habiy qism orkestri va harbiy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishi ham barchaga birdek manzur bo‘ldi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

"TILDA, FIKRDA, ISHDA BIRLIK"


Buvayda tumani 17-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida Yangiqo'rg'on, Beglar, Dodxo mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir mobaynida buyuk Jadid bobolarimizning hayot yo'lini aks ettirgan sahna asari tomoshabinlarning alohida e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Tadbirni o'tkazilishidan maqsad, Yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq, hayotiy misollar va dalillar orqali tushunarli qilib yetkazish, aholining kayfiyatini ko'tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

Yozyovon tumanida “
Mahallada duv-duv gap!” tadbirlari davom

Aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissida kamol toptirish maqsadida tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.


28-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili" davlat dasturi mazmun mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish hamda uning ijrosini ta’minlash maqsadida, tumandagi barcha mahalla xodimlari ishtirokida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Mirzohid Xatamov so‘zga chiqib bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga shukronalik kayfiyatini uyg‘otish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar aniq hayotiy misollar asosida, sodda va tushunarli tarzda yetkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargona_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap

“Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir” deb ta’kidlagan edi muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu ham yoshlarga qaratilayotgan imkoniyatlarni yanada ortishi desak ham bo’ladi.

21-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamadjanova Dilbar Rahmatovna ishtirok etib, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining mazmun mohiyati haqida gapirib, unda inson qadri qanchalik ustivvor ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Maktab o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

Uchko‘prik tumani mahallalarida hamda ta’lim muassasalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.


“Begobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar, o‘quvchilar, sportchilar taklif etildi.

Tadbir doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik, oila va xotin-qizlar mavzusida davra suhbatlari, yosh kelin-kuyovlar maktabi vakillari va nuroniy onaxonlar uchrashuvlari, futbol, voleybol, stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari, “Zakovat” o‘yinlari o‘tkazildi, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.

Taniqli san’atkorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida tashkillangan tadbirlarda qatnashchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari haqida ma’lumotlar berildi, shuningdek, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tuman madaniyat uyi san’atkorlari va estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, harbiy qism zobitlarining vatanparlik mavzusidagi ko‘rgazmali chiqishlari, saf yurishlari, harbiy texnikalar namoyishi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

Adliya vazirligi tashabbusi bilan  Fargʻona tumanining “Xonqiz” mahalla fuqarolari yigʻinida “Adliya kutubxonasi” ish boshladi.

Kutubxona ochilish marosimida adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev, adliya boshqarmasi vakillari, qishloq faollari va yoshlari ishtirok etdi.

“Xonqiz” mahalla fuqarolari yigʻini Fargʻona tumani markazidan 35 km uzoqlikda joylashgan. 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ushbu hududning 62 foiz aholisini yoshlar tashkil etadi.

“Adliya kutubxonasi”ning bu qishloqda ochilishi ayni muddao boʻldi. Chunki qishloq yoshlari axborot resurslaridan foydalanishda tuman yoki viloyat maʼmuriy makraziga borishga majbur edi.

Endilikda kutubxonadan joy olgan 1,5 mingdan ortiq turli adabiyotlar va 40 mingdan ortiq elektron kutubxona fondiga ega bo’lgan doimiy internet tarmogʻiga ulangan kompyuterlarda yoshlar va qishloq aholisi foydalanish va bilim ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

"Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostidagi tadbirlar Qo‘qon shahrida davom etmoqda.

Bugun Qo‘qon shahar Axborot kutubxona markazi tasarrufidagi “Amiriy kutubxonasi”da Yalong‘och ota, Qalandarxona, Yog‘bozori mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan isloxotlar haqida xususan yoshlar siyosatiga Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligi, "2024 yil-Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili" deb e’lon qilinganligi, kitobxonlik hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.

@fargonamanaviyhayoti
#Yozyovon_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap

Yozyovon tumanidagi olis va chekka hududlardan biri "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig'inida "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida Mahallada duv-duv deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etilib, mahalla aholisi uchun koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Tadbirda mahalla aholisi va yoshlar ishtirok etdilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook