Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.82K subscribers
22.4K photos
1.14K videos
8 files
2.04K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Fargona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Mánaviyat_festivali


"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz! "

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Oltiariq tumani Gulobod mahalla fuqarolar yig'inida "Ma'naviyat festivali" o'tkazildi.

Festival doirasida Gulobod, Zilol va Bo'rbonliq MFYlar aholisi uchun galakonsert tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Toshloq tumanidagi barcha mahallalarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi "Maʼnaviyat festivali" hamda mustaqillik oqshomlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonalari bugun “Chek” mahallasida keng nishonlandi.

Mahalla ahli, yoshlar va jamoatchilik vakillari jam bo‘lgan bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi oʻrinbosari E. Madaminov mahalla ahlini eng ulug‘ va eng aziz ayyom bilan qizg‘in tabrikladilar. 

Badiiy dastur va sahnalashtirilgan chiqishlar, konsert dasturlari namoyishi barchaga manzur bo‘lib, mahalla ahli Mustaqilligimizning 33 yilligini zo‘r kayfiyat bilan bayram qildilar.

Mustaqillik oqshomlari tumandagi har bir mahallalarda ana shunday ko‘tarinkilik bilan o‘tkaziladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Umumta’lim maktablari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish va ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar natijadorligini oshirish mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tumanidagi 10-umumta’lim maktabida “O‘zbekiston tumanidagi umumta’lim maktablari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tumandagi 68 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida tashkillangan seminarda tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar mas’ullari qatnashdi.

Seminarda o‘tgan o‘quv yili sarhisobi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Tizimda erishilgan natijalar bilan birgalikda, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari xususida fikr-mulohazalar bildirildi

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook