Farg‘onа ma'naviy hayoti
987 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
QATAGʻON QURBONLARI AVLODLARI OILALARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona shahar bo‘linmasi jamoasi tomonidan Beshbola mahalla fuqarolar yig‘inida yashab o‘tgan qatag‘on qurbonlaridan biri Rahmat Mamajonovning yaqinlari holidan xabar olindi.

Rahmat Mamajonov 1902 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1937 yilda qatag‘on qilinadi. 1989 yilda esa unga qo‘yilgan ayblov olib tashlanib, oqlanadi.

U boshidan o‘tkazgan og‘ir kunlarga qaramay o‘z she’rlari, bilimi bilan adabiyot va san’at, fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelgani haqida farzandlari bilan bo‘lgan suhbat davomida yodga olindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Rishton tuman IIB «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi

Prezidentimizning "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan ichki ishlar tizimida xizmat qilgan faxriylar, keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga ko‘tarish va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov ham ishtirok etdi.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida turli avlod vakillari o‘zaro suhbat qurib, yoshlar faxriylarning maslahatlari, o‘gitlaridan bahramand bo‘ldilar.

Tadbir so‘nggida bir qator faxriylar nafaqaga tantanali kuzatilib, o‘z faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan profilaktika inspektorlari rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Mánaviyat_festivali

"Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz! "

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Oltiariq tumani Qiziltepa mahalla fuqarolar yig'inidagi Faxriylar sixatgohida "Ma'naviyat festivali" o'tkazildi.

Festival doirasida xushovoz хonandalar ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Mánaviyat_festivali

Tadbirda oltiariqlik xonandalar Ubaydullo Allonboyev, Xolmurod Karimovlar tomonidan kuylangan qo'shiqlar, shoira Dildora Asadillo qizi tomonidan o'qilgan she'rlar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook