Farg‘onа ma'naviy hayoti
729 subscribers
22.9K photos
1.25K videos
10 files
2.23K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Beshariq_tumani

Beshariq tumani Ma'naviyat  va ma'rifat maskanida "Ko‘xna tarix shodasida bitta marjon o‘zbegim" shiori ostida "Men O‘zbekistonlikman" nomli ma'naviy va ma'rifiy, madaniy, musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan  asosiy maqsad vatanparvarlik tuyg'ularini  ma'naviyatchilar, ziyolilar orqali, oilalarga, yoshlar ongiga singdirib borish. Hamkorlikda  ma'naviy  va ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ustoz shogird an'anasi, hunarmandchilik, tikuvchilik, milliy o'yinlar, milliy raqs, kuy- qo‘shiqlar, askiya va bir qator saxna ko‘rinishlari ijro etildi.

Hududlardagi qizgʻin jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatib boring

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Beshariq_tumani

“Milliy qadriyatlar – yoshlar nigohida” mavzuida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.


Festivalda tuman hokimi R. Jo‘rayev, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari, sportchilar, estrada xonandalari, iqtidorli o‘quvchi-yoshlar, keng ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

🎭Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlodning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

🪇Saylda ishtirokchilar tomonidan milliy an’ana, urf-odatlarimizga xos, xalq o‘yinlari va turli tanlovlar tashkil etildi. Barcha viloyatlarning milliy taomlari, tasviriy san’at, liboslar dizayni, munchoqli bezak, badiiy to‘qish, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va yumshoq o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazmalar o‘tkazildi.


🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#xotira_va_qadirlash_kuni
#Beshariq_tumani

Mardlik va jasorat: hamisha barhayot


🎗Beshariq tumanining "Yangi Qashqar" mahalla fuqarolar yig‘ini Tegirmon boshi ko‘chasi har doimgidan ham shukuhli va fayzli tus olgan.

•Boisi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, keksa mehnat faxriysi Paygamov Mamayusub otani 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, shuningdek nemis fashistlari ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi bilan tabriklab nufuzli mehmonlar tashrif buyurdilar.

•Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov, tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev va sektorlar rahbarlari Prezidentimizning tabrigini, bayram sovg‘asini tantanali ravishda topshirdilar.

Otaxon xalqimiz farovonligini tilab duoga qo‘l ochib, Yurtimizning tinch va osoyishta kunlari uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Beshariq_tumani

Beshariq tumani 2-sektor hududidagi Telov MFYda "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Beshariq_tumani

Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, 33-IDUM  ''Beshariq tongi '' gazetasi hamkorligida avval maktabda ishlab, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan faxriy ustozlar holidan habar olindi.

Shuningdek ular istiqomat qilayotgan xonadonlarining darvozasiga ''BU UYDA- FAXRIY USTOZ YASHAYDI''  nomi ostidagi nishonlarni ilib qaytishdilar. Bunday ulug' ishlar hali davom etmoqda...

Jarayondan foto lavhalar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beshariq_tumani
#Onalarga_ehtirom

Ona mehri bu - xech narsa o‘rnini bosa olmaydigan yagona tuyg‘udir!

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍1
#chellenge
#Beshariq_tumani
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Beshariq tumanida 26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida aholining turli qatlam vakillari o'rtasida targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Beshariq_tumani
#Gerbim_mening_faxrim_mening

Bugun 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Beshariq_tumani
#Eng_yosh_mànaviyatchi_2024

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 345–F/61-sonli Farmoyishi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 6-iyundagi 81-F-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, hamkor tashkilot mas'ullari ishtirokida “Eng yosh ma’naviyatchi – 2024” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovdan ko'zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Vazirlik va idoralarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning sohadagi faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

20- maktabning Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tursunov Nozimjon. Bahodirjon o‘g‘li g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma hamda esdalik sovg'alarni qo'lga kiritdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Beshariq_tumani
#Márifatli_oila

🔰Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, tuman "Oqila ayollar" harakati targ‘ibot guruhi bilan hamkorlikda tumandagi Qoraqo‘yli mahalla fuqarolar yig‘inida "Ma'rifat marafoni" loyihasi amalga oshirildi.

🔰 Loyiha doirasida badiiy adabiy, ma'naviy-marifiy targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi. Kitoblar taqdimoti bo‘lib o'tdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad ijtimoiy-ma'naviy faollikni yanada rivojlantirish bo'ldi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Beshariq_tumani

“Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi”


Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari milliy liboslarimizda aks etadi.

Siz ham xotin-qizlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlodni ana shu qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar orasida kiyinish madaniyatini yanada shakllantirishga o‘z xissangizni qo‘shing.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍1
#Beshariq_tumani
#sharaf_lentasi

🎗 Beshariq tumani bo'ylab 9-may—Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Markazi tuman bo'linmasi tomonidan aholining turli qatlam vakillari o‘rtasida sharaf lentalari va transport vositalariga stikerlar tarqatildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM