Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Mánaviyat_festivali
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani

Oʻzbekiston tumanida Vatanimiz mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan bo’lib o’tayotgan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’naviyat festivali” davom etmoqda.

Bogʻi Eram MFYdagi Mahalla guzarida ham madaniy maʼrifiy dastur tashkillandi. Ushbu dastur barchaning ko’ngliga quvonch ulashildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Yozyovon_tumani
#Manaviyat_festivali

🔰Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin.

🔰Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

🔰Shu maqsadda Yozyovon tuman Markaziy Istirohat Bogʻi da Maʼnaviyat festivali doirasida kitob yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Bunda tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbar va hodimlari tuman Axborot-kutubxona markazi uchun kitoblar sotib olib sovgʻa qildilar. Bundan tashqari aholi va yoshlar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan kitoblar harid qildilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona_viloyati
#Toshloq_tumani

Toshloq tumanida Vatanimiz mustaqiligining oʻttiz uch yilligini munosib kutib olish maqsadida “Biz bir boʻlsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Maʼnaviyat festivali” doirasida "Inson qadri" loyihasi asosida Arabmazor mahallasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir dastur barchaning koʻngliga quvonch ulashmoqda.

Oʻtkazilgan ushbu tadbirda 400 ga yaqin aholi vakillari ishtirok etdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.