Farg‘onа ma'naviy hayoti
1K subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Buvayda_tumani
#Márifatli_oila

Buvayda tumani Axborot- kutubxona markazi mutaxassislari aholining keng qatlamini kitob va kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularni kutubxonaga jalb qilish, mahalla aholisiga kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida “Mahallamda hamma kitobxon bo’lsin” loyihasi doirasida tumandagi barcha MFY hududlarida muntazam ravishda targ’ibot va taqdimot ishlari olib bormoqda.

Tumandagi Maslahat  MFYda yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, kutubxona fondidagi adabiyotlar  bilan tanishtirildi va ularga qiziqishlari bo’yicha adabiyotlar yetkazib berildi

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Yozyovon_tumani
#Mánaviyatni_yangi_kuchga_yangi_harakatga_aylantiramiz

❇️Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat biz uchun ustuvor masalalardan sanaladi. Zero, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Ma’naviyat – kishini fidokorlikka yetaklaydigan, insonni kamolotga yetkazuvchi, yuksaltiruvchi ulug‘ qudrat hamdir.

❇️Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.

❇️Tumandagi Xonobod mahalla fuqarolar yig'inida Ma'naviyatni yangi kuchga, yangi harakatga aylantiramiz shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Bağdod_tumani
#Márifatli_oila

Oila har bir jamiyatning boshlangʼich boʼgʼini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga kelishini uqtirdi.

Oila toʼgʼrisida gapirilganda koʼz oʼngimizda avlod-ajdodlarimiz namoyon boʼladi. Inson ana shu tarbiya o‘chog‘ida tugʼiladi, voyaga yetadi. Oʼz hayoti davomida inson har doim oilaga, vatanga, doʼst-birodarlariga sodiq boʼlib yashashi kerak.

Bag‘dod tumani axborot- kutubxona markazi kutubxonachisi tomonidan Samarqand va Qo‘shtegirmon Mahalla fuqorolar yig‘ini "Ma'rifatli oila" dasturi doirasida oilalar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
“Men O’zbekiston farzandiman”

🔰Bugun O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Bu yo’lda u jahonning ko’plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar bilan do’stona hamda o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishilyapti.

🔰Qisqa davr ichida O’zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga asos bo’luvchi ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy hayotida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarida yoshlarning o’rni beqiyos.

🔰Furqat tumani Sho'xay MFY da joylashgan “Yoshlik” bolalar oromgohida ham “Men O’zbekiston farzandiman” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.