Farg‘onа ma'naviy hayoti
985 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
"Onalarga ehtirom" festivalining Beshariq tumani bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandi.

💐“Onalarga ehtirom” nomli bayram tadbirda yuksak insoniy fazilatlari, samarali mehnat faoliyati, oilada farzandlar tarbiyasidagi ibrati bilan el nazariga tushgan, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun kamarbasta bo‘lgan fidoyi rahbar va xodimlarni voyaga yetkazgan onalarga hokimlikning esdalik sovg‘alar topshirildi.

Bayramni tuman hokimi Rasuljon Jo‘rayev ochib berdi va barcha ishtirokchi onalarga  ehtirom gullarini sektorlar rahbarlari ishtirokida ulashib,  faxriy yorliqlarini topshirdilar.

Bayram dasturida tumanimiz xushovoz xonandalari tomonidan moʻtabar onaxonlarga bag‘ishlanib, yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar dillarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargona_tumani

“Ezgulik shiorimiz-ma’rifat qurolimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 29- may kuni Farg‘ona tumanining “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Zakovat

📚Furqat tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 8-umumum ta’lim maktabida O‘quvchilarimizni bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish maqsadida "Zakovat" o‘yinlarining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

✏️Zakovat" o‘yinida o'qish uchun tavsiya etilgan kitoblar Xudoyberdi To'xtaboyevning "Shirin qovunlar mamlakati" romani va Farhod Musajonning "Bo'sh kelma , Aliqulov" qissalari tanlab olindi.

Ushbu "Zakovat" o‘yinida
6-A sinfning "Liderlar",
6-B sinfning "Adabiyotshunoslar",
6-D sinfning "Navoiy izdoshlari",
7-A sinfning " Turon"
7-B sinfning " Book lovers" jamoalari o'zaro bellashdilar.

Zakovat" o‘yinida 3 ta shartdan iborat bo'lib,
1: og'zaki savol-javob
2: krossvord yechish
3: sardorlar bellashuvi.

❇️Bahs-munozaralarga boy bo'lgan ushbu tanlovda "Book lovers" hamda "Adabiyotshunoslar" jamoalari durrang natija bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

G'olib jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook