Farg‘onа ma'naviy hayoti
966 subscribers
22.4K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
“Jaholatga - qarshi maʼrifat” tadbiri boʼlib oʼtdi

Qoʼshtepa tumanidagi “Loyson” MFY hududida joylashgan 22-umumtaʼlim maktabida Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning tuman vakili S.Nuriddinov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʼlinmasi rahbari D.Xoliqovlar ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbir davomida soʼz olganlar tomonidan islom dinining insonparvarlik va maʼrifatparvarlik gʼoyalaridan foydalanib, turli oqimlarga qarshi fuqarolarda ayniqsa yoshlarda immunitetni shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Tinchlik qadri” deb nomlangan hujjatli filьm namoyish etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoʻqon
#Onalarga_ehtirom

💐 Qoʻqon shahrida "Onalarga ehtirom" festivali oʻtkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashabbus

YANGI LOYIHA

Oltiariq tumanidagi 5-umumta’lim maktabida uzoq yillar mobaynida ishlab hozirda nafaqada bo'lgan faxriy o'qituvchilar xonadonlariga tashrif buyurildi.

Ustozlarga alvon gullar ulashilib, bayram bilan qizg'in muborakbod etildi.

Tuman bo’ylab faxriy ustozlarning xonadon eshigiga oltin rangli, zarhal harflar bilan yozilgan "Bu xonadonda faxriy ustoz istiqomat qiladi" peshlavhasi o'rnatildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#qoʻqon
#manaviyat_marifat

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

Qo‘qon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar – A’zam Ismoil, Zuhraxonim Aliyeva va Bahodir Isolar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adiblar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda loyiha doirasida milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirishni ta’kidlab, o‘quvchilarga o‘z ijodidan namunalar o‘qib berishdi.

O‘z navbatida, tadbir mehmonlari ham yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Furqat_tumani
#Onalarga_ehtirom

Onalarni qadrlash, ularni ulug‘lash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongu shuurida ota-onaga hurmat, farzandlik burchini ado etish, ehtirom ko‘rsatish kabi fazilatlarni shakllantirish kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan, Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan "Onalarga ehtirom" festivali Furqat tumanida ham keng nishonlanmoqda.

Bugun Furqat tumani “Bekobod” mahallasida joylashgan “Abduqahhor ota” dam olish maskanida tumandagi barcha mahalla Yoshlar yetakchilarining onalariga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbir davomida tuman hokimi ishtirokida onaxonlarga esdalik sovg‘alari va gullar hadya etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook