Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.22K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Abdulla_Qodiriy
#130_yoshda

❇️Abdulla Qodiriy nomi tilga olinganda bir entikib, hayratlar bilan Otabek va Kumush, Anvar va Ra’nolar taqdirini esga olmaydigan o‘zbek ziyolisi, adabiyot muhibi topilmasa kerak.

❇️Adibning badiiy so‘zida betakror joziba mujassam bo‘lgani bois “O‘tkan kunlar”ni necha topqir o‘qilsa ham, odam to‘ymaydi, zerikmaydi; qayta o‘qishga zarurat sezaveradi. Roman zavq-shavq bilan yutoqib o‘qiladi. Qayta o‘qishda asarning yangidan-yangi qirralari ochilib boradi.

❇️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tumani bo'linmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida  46-umumiy o’rta ta’lim maktabida adib tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir” nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Beshariq_tumani

Beshariq tumanida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodlarini yuzaga chiqarish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ''BOLAJON-NAVOJON'' deb nomlangan musiqiy kechasi o'tkazildi. Musiqiy kechada o'quvchilar o'zlari yod olgan musiqalarini ijro etishdi. Shuningdek xotin-qizlarni qo'llab quvvatlash yo'nalishida qizlar onalaridan o'rgangan pishiriqlarini tayyorlashdi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Yakunda jajji iste'dodli o'quvchilarimiz maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

🔰Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, manaviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir.

🔰U millatni yagona xalq sifatida oz atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni tamin etadi. Suvsiz daryo bolmaganidek – tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Ota-bobolarimiz ham qadimdan tilni asrab-avaylashgan. Ona tilini sevish, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi, ona tilini asrab-avaylash belgisidir.

🔰Tumandagi 37-umumta’lim maktabida ham “Ona tilim sarchashmangdan yayrar dilim” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

🔰Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili davlat tili sifatida ezgu maqsadlar sari odamlarni birlashtiradigan, xalqimizning katta-katta orzu-niyatlarini amalga oshirishga da’vat etadigan muhim kuchga aylanganini alohida ta’kidladi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Beshariq_tumani

Beshariq tumani Ma'naviyat  va ma'rifat maskanida "Ko‘xna tarix shodasida bitta marjon o‘zbegim" shiori ostida "Men O‘zbekistonlikman" nomli ma'naviy va ma'rifiy, madaniy, musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan  asosiy maqsad vatanparvarlik tuyg'ularini  ma'naviyatchilar, ziyolilar orqali, oilalarga, yoshlar ongiga singdirib borish. Hamkorlikda  ma'naviy  va ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan ustoz shogird an'anasi, hunarmandchilik, tikuvchilik, milliy o'yinlar, milliy raqs, kuy- qo‘shiqlar, askiya va bir qator saxna ko‘rinishlari ijro etildi.

Hududlardagi qizgʻin jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatib boring

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook