Farg‘onа ma'naviy hayoti
968 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
TOSHLOQ TUMANI TIBBIYOT XODIMLARI O‘RTASIDA  “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda 8 ta jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#ustoz_loyihasi
#OAV_da

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "Ustoz" loyihasining O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim ishtirokidagi soni O‘zbekiston milliy axborot agentligi ijtimoiy sahifalarida yoritildi.

Batafsil:https://uza.uz/posts/594111

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#kun_hikmati

Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi.

- Alisher Navoiy

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati

🔰IMIJ
— odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz.


Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#Furqat_tumani

"Kim ko‘p kitob o‘qiydi!?" tanlovi

📚Kitob - mo‘jiza. U insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham e’zozlangan. Bugun yurtimizda kitobxonlikka, xususan, yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirish borasida tinimsiz harakat va izlanishlar olib borilmoqda. Joylarda tanlovlar, aksiyalar, uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari tashkillanmoqda.

📚Furqat tumani markazidan 25 kilometr olisda joylashgan "G‘allakor" mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "Kim ko‘p kitob o‘qiydi!?" tanlovi maktab o‘quvchilari uchun haqiqiy shodiyonaga aylandi. Ikki hafta oldin o‘quvchilarga o‘qish uchun berilgan kitoblarini astoydil o‘qigan maktab o‘quvchilari hakamlar hay’ati tomonidan saralab olindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Abdulla_Qodiriy
#130_yoshda

❇️Abdulla Qodiriy nomi tilga olinganda bir entikib, hayratlar bilan Otabek va Kumush, Anvar va Ra’nolar taqdirini esga olmaydigan o‘zbek ziyolisi, adabiyot muhibi topilmasa kerak.

❇️Adibning badiiy so‘zida betakror joziba mujassam bo‘lgani bois “O‘tkan kunlar”ni necha topqir o‘qilsa ham, odam to‘ymaydi, zerikmaydi; qayta o‘qishga zarurat sezaveradi. Roman zavq-shavq bilan yutoqib o‘qiladi. Qayta o‘qishda asarning yangidan-yangi qirralari ochilib boradi.

❇️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tumani bo'linmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida  46-umumiy o’rta ta’lim maktabida adib tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “Moziyga qaytib ish ko'rmoq xayrlidir” nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook