Farg‘onа ma'naviy hayoti
1K subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Milliy liboslar - ayollar-u onalar va go‘zal opa singillarimizni haqiqiy ma’noda latofatli ko‘rsatadi.

Oʻzbekiston tumani Jonobod MFYda tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi, 4-sektor xotin qizlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini yuksaltirish, milliylikni asrash, oʻzbekona kiyinish ma’daniyatini va milliy an’analarimizni keng targ’ib qilishga qaratilgan “Xon atlas 2024” festivali doirasida “Milliy libos-ma’naviyat ko’zgusi” ma’naviy ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Milliy qadriyatlarimiz azal-azaldan bizlarga meros

Bugun Quva tumani 60 - DMTT da  tarbiyalanuvchilar ongiga  milliy qadriyatlarimiz bo‘lgan  atlas va adraslarni jilosi butun dunyoga mashxurligini singdirish maqsadida  "Atlas festivali"  bo‘lib o‘tdi.

💥Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qizlarimizni  milliy liboslarimizga boʻlgan xurmat, o‘zligini anglash, xunarmandlarning mexnatlarini qadrlash kabilarni singdirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida Atlas ko‘rgazmalari, xunarmand ayollarni turli ko‘rinishdagi  milliy kiyimlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#kun_hikmati

O‘qushsun millat avlodi bizni doim duo aylab,
Qilib tahsil ulumlarni fununa yaxshi yor o‘lsun.

Ochayluk jami’atlar, ko‘b yig‘aylik ham inoyatlar,
Ki toki yatim va bechora bekasg‘a mador o‘lsun.

- Abdulla Qodiriy
Millatimga bir qaror sheʼridan


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Farg‘ona tumani 2-sektor hududida joylashgan Shokir ota guzarida  ’’Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi bor’’ shiori ostida "Xon atlas" tadbiri o‘tkazildi.

Milliy liboslarimizda urf-odat va an’analar, estetik qarashlarni o‘ziga xos hususiyatlarini mustahkamligini namoyish etish maqsadida “Xon atlas” haftaligida mahalla fuqarolar yig‘inlari Xotin qizlar faollari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Xalq deputatlari tuman kengashi vakillari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda bolajonlarimiz tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturlar barcha qatnashchilarda o‘zgacha kayfiyat uyg‘otdi.

Bizning sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook