Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.16K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
NAJOT TA'LIMDA, NAJOT BILIMDA, NAJOT TARBIYADA

Viloyatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy,  ilmiy-madaniy tadbiri bu gal Buvayda tumani ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Yadro fizikasi ilmiy instituti direktori, akademik Sodiqov Ilhomjon Ismoilovich tomonidan yurtimizda yoshlar siyosatiga Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligi, "2024-yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilinganligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Ushbu yilda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ishlar mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Akademik Sodiqov Ilhomjon maktabda yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika, biologiya lobaratoriya xonalari bilan tanishib oʻquvchilar bilan birga tajribalar amalga oshirdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

🔷“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri Dang‘ara tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Respublika ishchi guruxi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

🔷Targ‘ibot tadbirlari doirasida mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.

🔷Tadbirda maktab o’quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

@fargonamanaviyhayoti
Oʻzbekistonda xorijiy davlatlar propagandasiga xizmat qilayotgan barcha kanal va saytlar faoliyatini zudlik bilan cheklash kerak – Minhojiddin Mirzo

Rossiyalik “tarixchi” Mixail Smolin 1917-yilga qadar oʻzbeklar, qozoqlar va ozarboyjonlar millat sifatida mavjud boʻlmagan, inqilobdan keyingina ular SSSR nomi bilan paydo boʻlgan, degan nihoyatda ahmoqona safsatani oʻrtaga tashladi. Bu bir shaxsning fikrimi yoki rus shovinizmining asl basharasimi?

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2446

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X
#Kun_hikmati

Gap qancha yaxshi bo'lsa, u shuncha qisqa bo'ladi.

Abdulla Qahhor

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

"Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostidagi tadbirlar Qo‘qon shahrida davom etmoqda.

“Turon” madaniyat markazida Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalari, Qipchoq ariq hamda G‘ishtli masjid mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari o‘rtasida 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida yurtimizda yoshlar siyosatiga Prezidentimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligi, hususan "2024 yil-Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili" deb e’lon qilinganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, olim-u fozillar chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Mahallada_duv_duv_gap

Toshloq tumanida "Yangi hayot uchun - yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari davom etmoqda.

“Piyozchilik” MFYda "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" mezonlarini joriy etish maqsadida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘linmasi, yoshlar ishlari agentligi, sport maktabi hamkorligida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirlarni ko’zlangan maqsad, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq, hayotiy misollar va dalillar orqali tushunarli qilib yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarishdan iborat.

@fargonamanaviyhayoti