Farg‘onа ma'naviy hayoti
987 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Uchkoʻprik va Quva tumanlarida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari davom etmoqda

Aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissida kamol toptirish maqsadida mana bir necha kundan buyon tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda.

Uchkoʻprik tumani 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Guliston MFYda yashovchi fuqarolar ishtirokida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat fidoyilari, nuroniylar hamda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Quva tumani So‘fi mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 13-bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tgan tadbirda viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongatarova, tuman hokimligi vakillari, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z.Aliyeva, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi, xarbiylar hamda mutasaddi idoralar vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlar haqida hikoya qiluvchi videorolik yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Shundan so‘ng so‘z olganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Musiqa maktabining iqtidorli o’quvchilari ijrosidagi go‘zal taronalar va raqslar barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo’ylab barcha hududlarda davom etmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
Qo‘qon mahallalarida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan Mahallada duv - duv gap targ‘ibot tadbirlari qizg‘in tus oldi.

10.01.2024 kuni Qo‘qon shahrining "Istiqbol”, “Navro‘z”, “Marg‘ilon darvozasi”, “Bo‘ston”, “Shirin”, “Bunyodkor" MFYlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda besh yuzga yaqin hamshaharlarimiz qatnashib, bugungi kun shukronasini qalbdan o‘tkazdilar. Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, olimu fozillar chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

@fargonamanaviyhayoti
Toshloq tumandagi barcha  mahallalarida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
 
Ana shunday tadbirlardan biri "Arabmozor" mahallasida aholi vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashida belgilab berilgan muhim vazifalar aholiga sodda tilda tushuntirildi.

E’tiborlisi, o‘tkazilayotgan barcha tadbirlarda targ‘ibotchilar tomonidan aholiga hushkayfiyat ulashilmoqda.


@fargonamanaviyhayoti
"Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida Qo‘qon shahridagi havo xujumiga qarshi kuchlar harbiy qismida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilgan.
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda namoyish etilgan qurol aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, maxsus operatsiyalar tuzilmasining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildi.
Kuni kecha "Mardlik" ordeniga sazovor bo‘lgan Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov ham tadbirda yoshlar bilan muloqot qilib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan adolatparvar va xalqparvar siyosat xususida ma’lumot berdi.
"Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalla yoshlari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdilar.

@fargonamanaviyhayoti