Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.1K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Farg’ona shahrida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari davom etmoqda

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.

Navbatdagi tadbir Sharqiy harbiy okrugning Ma’naviyat va ma’rifat maskanida o‘tkazildi. Mazkur tadbirga mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.

Madaniy-ma’rifiy kechada ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar, san’atkorlar, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyandalari Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Shundan so‘ng, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari va estrada xonandalari tomonidan tayyorlangan madaniy dastur namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargona_tumani

“Mahallada duv-duv gap” tadbirlari davom etmoqda.

1-sonli kasb-hunar maktabida “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirda bo’lib o’tdi.

Bunda 52788- sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari va orkestor jamoasi ish badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

@fargonamanaviyhayoti
Uchkoʻprik va Quva tumanlarida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari davom etmoqda

Aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissida kamol toptirish maqsadida mana bir necha kundan buyon tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda.

Uchkoʻprik tumani 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Guliston MFYda yashovchi fuqarolar ishtirokida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat fidoyilari, nuroniylar hamda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar vakillari ishtirok etishdi.

Quva tumani So‘fi mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 13-bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tgan tadbirda viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongatarova, tuman hokimligi vakillari, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Z.Aliyeva, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi, xarbiylar hamda mutasaddi idoralar vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlar haqida hikoya qiluvchi videorolik yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Shundan so‘ng so‘z olganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Musiqa maktabining iqtidorli o’quvchilari ijrosidagi go‘zal taronalar va raqslar barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi tadbirlar viloyatimiz bo’ylab barcha hududlarda davom etmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
Qo‘qon mahallalarida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan Mahallada duv - duv gap targ‘ibot tadbirlari qizg‘in tus oldi.

10.01.2024 kuni Qo‘qon shahrining "Istiqbol”, “Navro‘z”, “Marg‘ilon darvozasi”, “Bo‘ston”, “Shirin”, “Bunyodkor" MFYlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda besh yuzga yaqin hamshaharlarimiz qatnashib, bugungi kun shukronasini qalbdan o‘tkazdilar. Vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, olimu fozillar chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

@fargonamanaviyhayoti