Farg‘onа ma'naviy hayoti
966 subscribers
22.4K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Konstitutsiya  va  milliy qadriyatlarimiz

Quva tumani Qoraqum mahalla fuqarolar yigʻini aholisi oʻrtasida konstitutsiya savodhonligini oshirish maqsadida mahalla  aholisi  ishtirokida “Konstitutsiya  va  milliy qadriyatlarimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida tuman adliya boʻlimi mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz, uning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berib oʻtildi.

Davra suhbati davomida manaviyat va maʼrifat boʻlimi, tuman hokimligi vakillari soʻzga chiqib fikr mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

@fargonamanaviyhayoti
Beshariq tumanida 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

💥Inson fikrlashi bilan jonzotlardan farq qiladi, degan gapni ko‘p bor eshitganmiz. Va uning ezgulikka yo‘g‘rilgan hissiyot qo‘rg‘oni - yuragi urib turar ekan, yaxshilik va ezgulik qilishdan, mehr-sahovat ulashishdan charchamaydi.

💥Beshariq tumanida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun 2-dekabr kuni tuman hokimi, tuman Ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi Rasuljon Jo‘rayevning tashabbusi bilan “21 Asr” tantanalar saroyida Nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbir bo‘lib o‘tdi.

@fargonamanaviyhayoti
Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan “Konstitutsiya va milliy qadryatlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari tumanning turli hududlarida davom etmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qudashdagi "Muruvvat uyi"da tadbir o‘tkazildi

🔰Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston tumanidagi Qudash “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida madaniy tadbir va bayram dasturxoni tashkillandi.

🔰Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat Kengashi, tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi hamkorligida tashkillangan tadbirda so‘z olganlar, nogironligi bo‘lganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyat yaratish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, bugungi tadbir ham ana shunday davomli g‘amxo‘rlikning ifodasi ekanligini ta’kidladilar.

🌐@fargonamanaviyhayoti
#Oltiariq_tumani

3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Oltiariq tumanidagi "Muhayyo Sulton" kafesida tumandagi 100 ga yaqin imkoniyati cheklangan  fuqarolar ishtirokida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

  Tadbirda tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, "Nogironlar" jamiyati, Veteran jangchi faxriylar,  Nuroniylar jamoatchilik kengashi, tuman tibbiyot birlashmasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi vakillari ishtirok etib, yig'ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar va samimiy tilaklarini izhor qildilar.

   Bayram tadbirida imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga tuman hokimligi tomonidan ziyofat uyushtirildi va sovg'alar topshirildi.

   Tuman "Nogironlar" jamiyati va a'zolari tomonidan tuman hokimligiga minnatdorchilik bildirildi.

@fargonamanaviyhayoti