Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.97K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
1.99K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi 2- son ijtimoiy tibbiyot texnikumi bilan hamkorlikda "Ma’naviyat marafoni" doirasida "Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak- Vatanmiz!" nomli davra suhbati tashkil etildi.
#Jarayon 10.11.2023.
#Ma’naviyat marafoni

Bag‘dod tumanida "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqimiz, birlashsak — Vatanmiz" shiori ostidagi "Ma’naviyat marafoni" doirasida shoir va yozuvchi, satira va hajviya janrining o‘tkir ijodkori Said Anvarning 60 yillik yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onada, Bag‘dodda adabiyot kunlari shukuhi uchun ham ushbu uchrashuvga erta tongdan tayyorgarlik ko‘rgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Bag‘dod tumani bo‘linmasi hodimlari el tanigan mehmonlarni kutib oldilar va yuqori saviyada o‘tkazdilar.

Bag‘dod tumanida "Ma’naviyat marafoni" doirasida tadbirlar davom etmoqda. Hususan, 14:00 da 16-musiqa va san’at maktabida "Milliy qadriyatlar" loyihasida "Maqomga oshufta dil" tadbiri, 15:30 da Markaziy kutubxona binosida "Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerak" shiori ostida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillanmoqda. Shu bilan birga yosh shoira Husnida Madaminovaning yangi nashrdan chiqgan kitolari taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Kuzatib boring!
@fargonamanaviyhayoti
“Ma’naviyat marafoni” doirasida Oltiariq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida milliy urf-odat va an’analarimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
   Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi vakillari  tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaga yuksak baho berildi.
    Ko‘rgazma davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan “Milliy liboslar”, “Do‘ppido‘zlik”, “Milliy o‘yinchoqlar”, “Milliy bezaklar”, “Rassomchilik” va boshqa turli xil to‘garaklar faoliyati bilan tanishildi.
   Maktab o‘qituvchisi Bahodir Xolmirzayev tomonidan ijro etilgan milliy qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.  
   Ayniqsa, “Rassomchilik” to‘garagi a’zolari tomonidan ishlangan oltiariqlik mashhur insonlarning suratlari mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

@fargonamanaviyhayoti