Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.9K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Manaviyat_marafoni

Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi Farg'ona shahar 25-IDUM da
,,Biz bir bo'lsak- yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🎼🎼🎼Tadbirda turli millatlar, jumladan, o'zbek, rus, qirg'iz, tojik, hind xalqlarining milliy qadriyatlari , urf odatlari aks ettirilgan sahnalar namoyish etildi.

🇺🇿🇸🇮🇬🇶Qirg'iz xalqining qadimiy urf- odatlaridan biri ,,Kelin o'g'irlash" marosimi, rus xalqlari ,,Sovchilik" marosimi, tojik xalqlari ,,Nikoh to'yi" marosimi, gruzin xalqlarining ,, Gruzin milliy raqslari" ,o'zbek xalqining qadimiy marosimlaridan biri,,Beshik to'yi"marosimlari ko'rsatib berildi.

Tadbir orqali o'quvchilarga turli xalqlarning urf- odatlarini, milliy an'analarini e'zozlash, hurmat qilish g'oyalar singdirildi.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” boshlandi

@fargonamanaviyhayoti
#Rishton_tumani
#Manaviyat_marafoni

"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Rishton tumanida korxona, tashkilot va muassasalarida  “Ma’naviyat marafoni”ga start berildi.

Xususan, 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida “"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ''Sog‘lom hayot sari besh ming qadam'' sport tadbiri bilan boshlandi.

"Ma’naviyat marafoni" doirasida ta’lim muassasalarida "Assalomu alaykum", "Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman", "Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot!", "O‘zbekiston - mening Vatanim!",  "Onamdayin mehribon Vatan",  "Kitob-mening eng yaqin do‘stim",  "Inson kitob bilan,  kitob inson bilan tirik"  mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

@fargonamanaviyhayoti
#_Online
#Manaviyat_marafoni

Oltiariq tumanida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” boshlandi

Ma'naviyat marafoni tadbirlari doirasida tuman axborot kutubxonasida Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'limi qoshida tashkil etilgan Yosh qalamkashlar to'garagi a'zolari ishtirokida mushoira kechasi o'tkazilmoqda

@fargonamanaviyhayoti
#_Online
#Manaviyat_marafoni

Oltiariq tumanida Ma'naviyat marafoni doirasida tuman tibbiyot birlashmasida Uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda tajribali fahriy shifokor M.Mirzamuhammedov, Nuroniylar Kengashi kotibi M.Roziqov, tibbiyot birlashma rahbari Sh.Buzrukov, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hodimlari va bugungi kunda faoliyat olib borayotgan shifokorlar ishtirok etishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida Oltiariq tumanida bugun tug'ilgan 10 nafar o'g'il va 5 nafar qiz farzand sharafiga 15 tup manzarali daraxtlar ekilib, ilk o'tkazilayotgan Ma'naviyat marafonidan nishona qoldi.

https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti