Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.97K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
1.99K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Manaviyat_marafoni

Marg‘ilon shahrida davom etayotgan "Ma’naviyat marafoni"da milliy qo‘shiqlar ijro etildi. Liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov so‘zga chiqib, ma’naviyat insonning ko‘zgusi, yaxshilikka yetaklovchi ekanligini ta’kidladi.

Tadbirlar barcha joylarda davom etmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
#Toshloq_tumani
#Maʼnaviyat_marafoni

"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tumandagi ta'lim muassasalarida “Ma’naviyat marafoni” doirasida "Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda", "Sport-do‘st, sport-hamroh" loyihasi doirasida bir qancha ma'naviy ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
#Manaviyat_marafoni

Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi Farg'ona shahar 25-IDUM da
,,Biz bir bo'lsak- yagona xalqmiz, birlashsak- vatanmiz!" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🎼🎼🎼Tadbirda turli millatlar, jumladan, o'zbek, rus, qirg'iz, tojik, hind xalqlarining milliy qadriyatlari , urf odatlari aks ettirilgan sahnalar namoyish etildi.

🇺🇿🇸🇮🇬🇶Qirg'iz xalqining qadimiy urf- odatlaridan biri ,,Kelin o'g'irlash" marosimi, rus xalqlari ,,Sovchilik" marosimi, tojik xalqlari ,,Nikoh to'yi" marosimi, gruzin xalqlarining ,, Gruzin milliy raqslari" ,o'zbek xalqining qadimiy marosimlaridan biri,,Beshik to'yi"marosimlari ko'rsatib berildi.

Tadbir orqali o'quvchilarga turli xalqlarning urf- odatlarini, milliy an'analarini e'zozlash, hurmat qilish g'oyalar singdirildi.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg'onada “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” boshlandi

@fargonamanaviyhayoti
#Rishton_tumani
#Manaviyat_marafoni

"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Rishton tumanida korxona, tashkilot va muassasalarida  “Ma’naviyat marafoni”ga start berildi.

Xususan, 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida “"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ''Sog‘lom hayot sari besh ming qadam'' sport tadbiri bilan boshlandi.

"Ma’naviyat marafoni" doirasida ta’lim muassasalarida "Assalomu alaykum", "Vatanim bayrog‘ini baland ko‘taraman", "Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot!", "O‘zbekiston - mening Vatanim!",  "Onamdayin mehribon Vatan",  "Kitob-mening eng yaqin do‘stim",  "Inson kitob bilan,  kitob inson bilan tirik"  mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

@fargonamanaviyhayoti