Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.89K subscribers
22.4K photos
1.12K videos
8 files
2.02K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
O‘zbek tili bayrami tadbirlari

Farg‘ona davlat universitetida “Davlat tilini rivojlantirishda til siyosatining o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan soha olimlari ishtirok etdi.

Farg‘ona davlat universiteti birinchi prorektori Z.Rahimov, viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov barchani O‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, davlat tilining mavqeni oshirish va sofligini saqlash xususida so‘z yuritdi. Xalqaro anjumanda filolog olimlar o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, til siyosatining ahamiyati borasida ma’ruzalar qildi.

@fargonamanaviyhayoti
#ona_tilim_faxrim

⚡️ Farg'ona shahridagi Prezident maktabida "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34-yilligi" munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

📝 Uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Siddiq Mo‘min ishtirok etib, bugungi kunda o‘zbek tilining o‘rni uning rivojlanishida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xususida fikr bildirdi.

📌 Shuningdek, shoir Siddiq Mo'minning bosib o'tgan ijodiy yo'li, yozgan she'riy to'plamlari hamda milliy adabiyotchiligimiz ravnaqi yo'lida qilgan xizmatlari tilga olindi. Kitobxon o‘quvchi yoshlar tomonidan shoirning qalamiga mansub she'rlar tahlil qilindi.

🌐 Telegram manzilimiz|Facebook sahifamiz|
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!

📝 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!

🔰Bugun Farg'ona shahridagi Prezident maktabida "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

🔅 "Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san" nomli tadbir davomida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Milliy raqslar, go‘zal qo‘shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

⚜️ Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan millat barhayotdir.

🌐 Telegram manzilimiz|Facebook sahifamiz|