Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.89K subscribers
22.4K photos
1.12K videos
8 files
2.02K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi hududiy bo‘linmalari hamkorligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident adminstratsiyasi mas’ul xodimi Otabek Bozorov, Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Umidulla Sattorov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov va boshqalar ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratdi.

@fargonamanaviyhayoti
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘qon shahar bòlinmasi rahbari Islomxon Fayzullayevni tavallud kunlari

🎉 Sizni bugungi tug'ilgan kuningiz bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi jamoasi hamda tuman, shahar bo‘linmalari hodimlari nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.

🔰 Umringiz uzoq bo'lsin. Oilangizga sihat- salomatlik, qut-baraka, quvonch, ahil va totuvlik tilab qolamiz. Omad sizga hamisha yor bo'lsin. Yana bir bora sizni  tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz.

@fargonamanaviyhayoti
#Ona_tilim_faxrim
#Furqat_tumani

Shu kunlarda mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Jumladan tumanimizda ham til bayramiga bag‘ishlangan turli madaniy-ma’rifiy kechalar, uchrashuv va tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tumandagi 12-sonli Musiqa va san’at maktabida O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri o‘tkazildi. Tantanani Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilar va barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi, Musiqa va san’at maktabi san’atkorlari tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ota tilim” nomli adabiy-musiqiy va kompozision dastur namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Farg‘ona viloyati MMTB ga qarashli maktablarda hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan ustozlar tomonidan 21-oktabr o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tayyorlangan video roligi

@fargonamanaviyhayoti
#Til_millatning_bosh_belgisi

Farg'ona shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida shahardagi barcha MTT direktorlari, uslubchilari hamda musiqa rahbarlari ishtirokida "Qadring baland boʻlsin, ona tilim" shiori ostida "Til - millatning bosh belgisi" mavzusida tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda mas'ullar tomonidan milliy kuy-qo'shiqlar ijro etildi, shuningdek, so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlari asosida sahna ko'rinishlari namoyish etdilar.

Joylarda bayram tadbirlari davom etmoqda.

S.Tongotarova,
Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi


@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Najot_tàlimda_najot_tarbiyada_najot_bilimda
#Davra_suhbati

Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Taʼlim-tarbiya jarayonlariga davlat taqdirini hal etuvchi omil sifatida yondashish, oʻqituvchiyu murabbiylar Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanch sifatida koʻrilishi juda quvonarli hol.

Yangi jamiyatda taʼlim-tarbiya jarayonlariga berilayotgan eʼtibor, undan kutilayotgan istiqbolli natijalar koʻlami bizni ushbu sohaning bir vakili sifatida quvontirishi bilan birga zimmamizga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Shu maqsadda tumandagi 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda, Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti