Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.01K subscribers
22.3K photos
1.08K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani
#Buvijonlar_màrifati

Xalqimizda “qari bilganni pari bilmaydi” degan gap bor. Bu bejizga emas. Uzoq yillik umr yo‘llari davomida boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, hayotning pastu-balandini ko‘rgan onajonlarimiz, buvijonlarimiz haqida aytilgan ushbu xalqona gap zamirida ayni haqiqat bor.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo‘linmasi tomonidan O’qchi MFYda ayni shunday boy hayotiy tajribaga ega onaxonlar ishtirokida  “Buvijonlar ma’rifati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Buvayda_tumani
"Jaholatga qarshi ma’rifat"

Buvayda tumanidagi ta'lim muassasalarida ekstremizm, terrorizm, va missonerlikni asl qiyofasini namoyon etuvchi "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ'ibot tadbirlari doirasida fotoko'rgazma va davra suhbatlari o'tkazilib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Buvayda tumani 3- umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Jarayon 09.10.2023.
OILA, MAKTAB VA MAHALLA HAMKOR BO‘LSA...

🔰 Farzand komil inson bo‘lishi barcha uchun muhim. Bunda oila, maktab va mahalla hamkorligi yaxshi samara beradi. Aksincha, hamkorlik yetarli bo‘lmasa uning natijasi ham sezilarli bo‘lmaydi.

🔰 Bugun, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi hodimlari tumandagi 41-, 5-umumta’lim maktablariida bo‘lishib ma’naviy muhit va ma’naviyat xonalarini ko‘zdan kechirishdi.

🔰 Shuningdek “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayongan targ‘ibod-tashviqot ishlarida yil boshida tasdiqlangan ikki taraflama yo‘l haritasi ijrosi bilan ham tanishishdi.

🔰 Mamlakatimizda barkamol va yetuk, sog‘lom va komil avlodlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini anglagan holda bunga barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz burchimizdir.

@fargonamanaviyhayoti
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 2023-yil 9-oktabr kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis bilan uchrashdi.

Muloqot davomida perinatal salomatlik, bolalar o‘sishi hamda rivojlanishi holatini o‘rganishga oid 2024–2025-yillarda Oziqlanish bo‘yicha ikkinchi milliy tadqiqotni o‘tkazish, bolalarda irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida amaliy hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. Ta’lim, inklyuziv ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining huquqiy-institutsional asoslarini takomillashtirish borasida ham fikr almashildi.

@fargonamanaviyhayoti
Saylov kodeksi hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Saylov kodeksi hamda 7 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini kiritish taklif etilmoqda. Saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
#Obod_xonadon
#Obod_kõcha
#Obod_mahalla
#Kitobxonlik_oiladan_boshlanadi

🔰 Qo‘shtepa tumani Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi hamda tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezonlari doirasida "Kitobxonlik-oiladan boshlanadi" shiori ostida Shomirza mahallasi aholisi o‘rtasida kitobxon olilalar bilan kitob va uning hayotimizdagi tutgan o‘rni haqida suhbat olib borildi hamda kitobxon olilalar uchun yangi adabiyotlar targ‘iboti tashkil etildi.

🔰 Shuningdek, imkoniyati cheklangan kitobxon Shomirza MFY, Fayziobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi Abdullaev Axrorbek uchun adabiyotlar yetkazib berildi.
Tadbir so‘ngida kitobxon oilalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

@fargonamanaviyhayoti