Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.9K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2.01K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Quvasoy_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 816-son karori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilanganligi hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 sentyabrdagi 173-sonli majlis bayoniga asosan, 2023 yil 2-8-oktyabr kunlari barcha xududlarda “Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat" degan bosh g‘oya ostida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish, keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni halqimizning ko‘p asrlik an’analarini xurmat qilish ruxida tarbiyalash ishidagi rolini yanada oshirish maqsadida Quvasoy shahrida ham “Keksalar xaftaligi” tadbirlarini davom etmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
Channel photo updated
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati
#Tinchlik_qadri

Mamlakatimizda milliy anʼana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulugʻ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlarimizni Vatanga muxabbat, ilm-maʼrifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Bu sohada olib borilayotgan isloxotlar dunyo miqyosida ham munosib eʼtirof etilib, diniy bagʻrikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda.

Xususan, Oʻzbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uygʻotadigan davlatlar roʻyxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir. “Jaholatga qarshi - maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Tinchlik qadri” mavzusida ma’rifat soati  tashkil qilindi.

@fargonamanaviyhayoti
#Buvayda_tumani
#Keksalar_haftaligi

Buvayda tumani "Buvayda" MFY da istiqomat qiluvchi uzoq yillar Mobaynida 39- umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qtuvchilik faoliyati bilan shug'ullangan hozirda nafaqalik gashtini surayotgan Muhabbatxon Akbarova holidan xabar olinib esdalik sovg'alari topshirildi.

@fargonamanaviyhayoti
"Keksalarni e'zozlash haftaligi"
Yoʻqlovlar davom etmoqda.

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo'shtepa tumani bo‘linmasi, tuman nuroniylar jamg'armasi, Mahalla hayriya jamoat fondi hamkorligida  “Keksalarni e’zozlash haftaligi” munosabati bilan yo‘qlov tadbirlari o‘tkazildi.

🔰 Bunda tumandagi Istiqlol va Shomirza MFY larda yashovchi, turli sohalarda  ishlagan, umrini asosiy qismini yurt ravnaqi va yosh avlod tarbiyasiga sarflagan, hozirda nafaqadagi nuroniy keksalarimiz holidan xabar olindi.

🔰Shuningdek, uchrashuv davomida faxriylarimizga esdalik sovg'alar topshirildi. Ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan nuroniylarimiz qo‘llarini duoga ochib yurtimizga tinchlik-omonlik tiladilar.

@fargonamanaviyhayoti
Tumanda "Keksalar havtaligi" doirasida, front ortida mehnat qilgan keksa-nuroniy otaxon va nuroniy onaxonalar holidan habar olinmoqda.

🇺🇿 Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati.

Fargonatuman.uz |Telegram|YouTube