Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.97K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
1.99K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Buvayda_tumani
#Xon_atlas_festivali_2023
#Milliy_libos_mànaviyat_kõzgusi

BUVAYDA TUMANIDA “XON ATLAS” FESTIVALI BO‘LIB O‘TMOQDA

Tumandagi Madaniyat bo'limida go‘zallik va milliylik uyg‘unlashgan o‘ziga xos festival – “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida kun davomida atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar namoyishi, musiqiy chiqishlar va rang-barang madaniy tadbirlar davom etadi.

@fargonamanaviyhayoti
#Jarayon 28.09.2023.
Bag‘dod tumanida ham “Xon atlas” milliy matolar festivali o‘tkazildi.

🔰 Tumandagi Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi hamkor tashkilotlar bilan 29-Bolalar musiqa va san’at maktabida tashkillangan bugungi tadbir bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

🔰 Atlas matosi go‘zalligi, qadimiyligi, betakrorligi, dunyoning hech qaysi chekkasida uchramasligi bilan qadrlidir. “Xon atlas” festivalini kelgusi yil bundan-da katta darajada o‘tkazamiz, — deydi Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari To‘lqinoy Tojiyeva.

🔰 Tadbirda so‘z olgan Islomjon Ahmedov – Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iboratdir – degan fikrlarni ilgari surdi.

📝 Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Olimjon Xatamov

@fargonamanaviyhayoti
#Oltiariq_tumani
#Xon_atlas_festivali_2023
#Milliy_libos_mànaviyat_kõzgusi
Oltiariq tumanida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini yuksaltirish, milliylikni asrash, o’zbekona kiyinish ma’daniyatini, milliy an’analarimizni keng targ’ib qilish orqali betakror kiyinish uslublarini namoyish qilishga qaratilgan “Xon atlas-2023” festivali keng miqqiyosda o'tkazilmoqda. 7-maktabgacha ta'lim tashkilotida bugun barcha milliy liboslarimizda. Mashg'ulotlarda milliy urf-odatlarimiz haqida tushunchalar berilmoqda.

@fargonamanaviyhayoti