Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.9K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
🔷Dang‘ara tumani 1-sektor xududida joylashgan Abdug‘ani xoji KRA fermer xo‘jaligida "Eng ilg‘or terimchi" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Xon_atlas_2023

Farg‘ona atlasu adras, milliy matolarning maskani. Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan atlaslarni kiygan ayollarimiz yanada  go‘zal va latofatli bo‘ladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi ham yurtimizda o‘tkazilayotgan "Xon atlas" festivalida faol ishtirok etmoqda.

🌐 @manaviy_markaz
BETAKROR, YORQIN, NAFIS VA SERJILO. QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “XON ATLAS” FESTIVALI BO‘LIB O‘TMOQDA

Ayni daqiqalarda Qo‘qon davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida go‘zallik va milliy kolorit uyg‘unlashgan o‘ziga xos festival – “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etayotgan institut ayol pedagoglari va talaba-qizlar barchaning e’tiborini tortmoqda.

Festival doirasida kun davomida atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar namoyishi, musiqiy chiqishlar va rang-barang madaniy tadbirlar davom etadi.

@fargonamanaviyhayoti