Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani
#Jaholatga_qarshi_màrifat
#Davra_suhbati

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O‘zbekiston tuman bo‘linmasi tomonidan tumandagi  59- sonli DMTT xodimlari uchun  ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash hamda diniy  aqidaparastlik va ekstremizmning buzgʻunchi gʻoyalaridan ogoh etishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma‘rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from ijodim
​​UMR YAXSHILLIKA SAFAR BOʻLSAYDI

Soʻz orqali odamning oʻzini koʻrish mumkin, deydi. Asl sheʼr orqali esa oʻzga bir olamdan — tasavvur dunyosining kengliklaridan koʻngilga javohir tuygʻular ifori toʻkiladiki... u aziz bir neʼmatga aylanadi. Soʻz egasi — shoir qadr topib eʼzozlanadi. Oraliq masofa kechinmalari — bosib oʻtilgan yoʻl va unda yashashning oddiy kunlari muhrlangan lahzalar oʻquvchini – tomoshabinni hayajonga soladi, solaveradi.

Bugun Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Umr yaxshillika safar boʻlsaydi” nomli xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbir oldidan mehmonlar ustoz qabrini ziyorat qilib, ruhi poklariga Qurʻon tilovat qildilar.

Tadbirda Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, Respublika maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boshqarmasi rahbari Maʻsudjon Sulaymonov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Botirjon Ergashev, Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir,Yahyo Togʻa, Munavvara Usmonova, Maʻmura Zohidova, Qutlibeka Rahimboyeva, Hulkar Hamroyeva, Alisher Boymurodov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzolari, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida viloyat teatr va konsert saroyi jamoasi tomonidan dillarga yaqin ustozning ijodidan bastalangan goʻzal qoʻshiqlari, sahna koʻrinishlari, ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyishi barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda ustoz Enaxon Siddiqova bilan hamnafas boʻlgan, birga faoliyat olib borgan yaqinlari tomonidan uning hayoti, faoliyati, ijodining oʻziga xosligi haqida batafsil soʻz yuritildi.

Xotira kechasiga toʻplangan katta-yu kichik oʻzgacha, yorugʻ taassurot, qalblarda shoiraning oʻlmas satrlari aks-sado berib qatnashdilar.