Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.91K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2.01K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Farg‘onaliklar uchun yana bir Ma’naviyat maskani

Farg‘ona viloyatida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari soni yana bittaga ko‘paydi. Farg‘ona shahridagi "Do‘stlik uyi" imkoniyatlari yanada kengayib,  bu yerda Ma’naviyat va ma’rifat maskani ish boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Vosiljon Nazarov,  Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida kuchli ma’naviyat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Bu yerda kutubxona, ijodkorlar xonasi, anjumanlar zali, maqom, raqs, hunarmandchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud.

Ishtirokchilar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu joy chinakam ma’rifat   maskaniga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

@fargonamanaviyhayoti
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati
#Màrifatparvar_ayollarning_ibratli_hayot_yõli

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi bilan hamkorlikdagi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturni  2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini  taʼminlash maqsadida Elchi mahalla fuqarolar yig‘inida Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan maʼrifatparvar ayollarning ibratli hayot yoʻlini targʻib etish maqsadida ma'rifat soati o'tkazildi.

Shuningdek ma'rifat soatida yoshlar o’rtasida erta nikoh va oilaviy ajrimlarni oldini olish, qaynona-kelin munosabatlari to’g’risida suhbatlashildi.
Forwarded from OYINA.UZ
Farg‘ona shahrida Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi

Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/18295

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube