Farg‘onа ma'naviy hayoti
1K subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Furqat_tumani
#ish_reja_ijrosi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Furqat tumani bo'linmasi tomonidan tuman hokimi maslahatchisi bilan hamkorlikda “Ingichka” mahalla fuqarolar yig‘inida “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan davlat tilida ish yuritish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish hamda reklamalar, tashqi yozuvlar va targ‘ibot vositalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kirill alifbosida yozilgan ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozish, shuningdek, yozuvlardagi imloviy, grammatik va uslubiy xatolar yuzasidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, shuningdek, yoshlar yetakchisiga tavsiyalar berildi.
#YOZYOVON_TUMANI
MA’RIFATLI OILA JAMIYAT USTUNI

   Xalqimiz azal-azaldan oilani muqaddas dargoh sifatida e’zozlab, qadrlab kelgan. Bu qo‘rg‘onga zavol yetmasligi uchun har bir oila vakillari bor mahoratini ishga solgan.

Yozyovon tumani Qoratepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan "Ma’rifatli oila jamiat ustuni" mavzusida o‘tkazilgan bayram dasturi ham aynan ma’rifatli  oilalarning ibratli hayot yo‘llarini targ‘ib etishga bag‘ishlandi.  Ushbu tadbir  3-sektordagi 4-ta mahallaning ibratli oilalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vatan uchun munosib farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, jamiyatda o‘z o‘rni va obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan baxtli oila vakillari taklif qilindi.

Mazmunli va maroqli o‘tkazilagan ushbu tadbirda tashrif buyurgan oilalarning ibratli hayot yo‘llari tadbir ishtirokchilari namuna sifatida ko‘rsatildi.  Tuman madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zga fayz olib kirdi.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inson qadri uchun!

Zokirjonov Isfandiyor,O'zbekiston tumani

Tafakkur qiling

@fargonamanaviyhayoti
#Quvasoy_shahar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Quvasoy shaharbo‘linmasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “shahar Axborot kutubhona markazidayoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida “Kitob eng munosib tuxfa”, “Kitob ma’naviyat ko‘zgusi” nomli kitobxonlik viktorinalari tashkil etdi.

Mazkur tadbirda sherxonlik,g‘azalxonlik va raqs yo‘nalishlarida faol ishtirok etgan topqir, zukko, kitobxon bolajonlarga Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad, bolalarni kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, aqlni charxlash, kitobxonlikni keng targ‘ib etishdir.

@fargonamanaviyhayoti
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi faollari va bir guruh ma'rifat targ'ibotchilarining O'zbekiston xalqiga murojaati

@fargonamanaviyhayoti
Ташрифдан ташрифгача

Янги Фарғонанинг тонги, ҳар куни ўзгача

Фарғона вилоятига келган киши бу ердаги ўзгаришлар, бунёдкорлик ишларидан кўнгли яйрайди, Янги Ўзбекистоннинг нафасини ҳис этади.

📍https://uza.uz/posts/505598

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе