Farg‘onа ma'naviy hayoti
983 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Yoshlar_oyligi
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Mehr_va_saxovat_loyihasi

🔰 Mamlakatimiz bo'ylab 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilishi davom etmoqda.

🔹Mazkur targ‘ibot tadbirlari doirasida Quva tumanida "Mehr saxovat" loyihasi tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari yordamga muhtoj bo'lgan Muhammadyusuf Tojimatov, Xo'jaliyeva Munisa hamda Niyozov Jahongir xonadonida bo'lib ularning holidan xabar olishdi. "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan oilaga sovg‘alar ulashildi.


@marifat_jamiyati
#Qòshtepa_tumani
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan tadbirlar ezgu amallarga ulandi.

Poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, san’atkorlar va ijodkorlar Qo’shtepa tumanidagi bemorlar, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar oldi. Ular bilan samimiy muloqotda bo‘lib, Qurbon hayiti va Yoshlar kuni bilan tabrikladi.

@fargonamanaviyhayoti
Фарғонада ёшлар сайллари ва маънавий-маърифий тадбирлар ўтказилмоқда

Фарғона вилоятида “Ёшлар ойлиги” доирасида “Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!” шиори остида ёшлар сайллари ва маънавий-маърифий тадбирлар бўлиб ўтмоқда. Унда пойтахтимиздан келган бир гуруҳ маърифат тарғиботчилари, зиёлилар, олимлар ва таниқли санъаткорлар иштирок этмоқда.

Ёшлар байрамининг илк тадбири вилоят марказидаги Аҳмад Фарғоний ҳайкали пойига гул қўйишдан бошланди. Шу ерда "Китоб карвони" лойиҳаси ўтказилди. Лойиҳа доирасида Республика Маънавият ва маърифат маркази томонидан 2500 дан зиёд китоблар вилоятдаги олий таълим муассасаларига тарқатилди.

Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11383177

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
#Ózbekiston_tumani
#Yangi_Oʻzbekiston_yoshlari_birlashaylik
#Yoshlar_oyligi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"  shiori ostida davom etayotgan tadbirlar O‘zbekiston tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tumandagi Qudash Muruvvat uyida tashkillangan  konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi  xonandasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Faxriddin Nazarov, O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi a’zosi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Oygul Abdurahmonova, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Zebo Mirzolar ishtirok etib, Muruvvat uyida davolanayotgan xotin qizlar xolidan xabar olindi, ular bilan samimiy suhbatda bo‘lib, kelayotgan Qurbon hayiti  va Yoshlar kuni bilan tabriklab, esdalik sovg‘alari ulashdilar.

@fargonamanaviyhayoti