Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.9K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Beshariq_tumani

🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beshariq tuman bòlinmasi, 18-sonli musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda tuman markazida "Yangi Òzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy, musiqali tadbir kechasi hamda "Kitob karvoni" loyihasi òtkazildi.

📚Tadbirlar davomida faol yoshlarga tuman Ma'naviyat va ma'rifat bòlinmasi tomonidan kitoblar sovģa qilindi.

@fargonamanaviyhayoti
#Ózbekiston_tumani
#Yoshlar_oyligi

“Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!”

O’zbekiston tumanida yoshlar oyligi doirasida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir va kontsert dasturi o’tkazildi.
Joriy yilning 3 iyun kunidan yurtimizda yoshlar oyligi boshlandi. Mazkur oylik doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda gala kontsertlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. O’zbekiston tumanida ham yoshlar oyligi doirasida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari ko’tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Yaypan shahridagi Аlisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog’ida tashkillangan bugungi kontsert dasturi davomida taniqli so’z ustasi Valijon Shamsiyev, “Layli va Majnun” guruhi hamda taniqli san’atkorlar, estrada xonandalari, el ardog’idagi ijodkorlar o’zlarining chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Ma'rifat tur loyihasi Yozyovonda

Muhtaram Prezidentimizning 2023-yil 11-apreldagi yig’ilish bayonini ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi, Ma’naviyat va marifat markazi Yozyovon tumani bo’limi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi hamkorlikda “Marifat tur” tashkillandi.

“Marifat tur” davomida tumandagi qizil toifaga kiritigan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun Namangan viloyatiga sayohat uyushtirildi.

Loyiha doirasida Zahiriddin Muhabbat Bobur nomidagi istirohat bog’ida tashkil etilgan 62-xalqaro gullar feativalining ajoyib va takrorlanmas go’zalliklaridan bahramand bo’lishdi.

Barcha yoshlar ko'tarinki kayfiyatda kun oxirini chiroyli yakunlashdi. Albatta bugungi sayohat esdalik suratlari bilan tarixga muhrlandi.

@fargonamanaviyhayoti