Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Вилоятимизда учинчи маротаба ўтказилаётган "Оналарга эҳтиром" фестивалининг шаҳар ва туман босқичлари кўтаринки кайфият, катта тантана билан ташкил этилмоқда

🔺
Фарғона шаҳридаги "Лаби ҳовуз" мажмуасида фестивалнинг шаҳар босқичи кўтаринкилик билан нишонланди

🔺Марғилон шаҳридаги "Ижодкорлар боғи"да фестивалнинг шаҳар босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими ўтказилди

🔺Қувасой шаҳридаги "Зебинисо" маданият уйида "Оналарга эҳтиром" тадбири ташкил этилди

🔺 Қўқон шаҳрида ҳам "Оналарга эҳтиром" фестивали доирасида мўътабар аёллар эътироф этилди

🔺Ёзёвон туманида "Оналарга эҳтиром" фестивали меҳнат жамоалари, маҳалла, таълим ташкилотларида ўзгача нишонланди

🔺Риштон туманидаги "Файз" мажмуасида 400 нафардан зиёд тумандаги фаол аёллар учун файзли дастурхон ёзилди

🔺Қува туманидаги Аҳмад ал-Фарғоний мажмуасида ўтказилган “Оналарга эхтиром” фестивалида қутлуғ мақом соҳибаларига юксак эҳтиром кўрсатилди

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
#Siz_borsizki_olam_munavvar
#Farĝona_tumani

Xabaringiz bor, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan ilk bor 2021 yida “Onalarga ehtirom” deb nomlangan festival boʻlib oʻtgan edi. Ezgu tashabbusga koʻra, ushbu festival yildan-yilga keng quloch yozishi, har yili viloyatning barcha shahar-tumanlarida anʼanaviy tarzda oʻtkazilishi maqsad qilingandi.

Bu yil uchinchi marotaba tashkil etilayotgan festival doirasida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Nur chehrali onaxonlar, ibratli oila bekalari, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotgan farzandlar onalari, ziyoli, oqila opa-singillarimizga yuksak hurmat koʻrsatilmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri tuman madaniyat uyida 15-may –Xalqaro oila kuniga bagishlab " Yangi O`zbekistonning ibratli oilasi” shiori ostida tashkil etildi. Ushbu tadbirga mahalla faollari, temir daftarga kiritilgan ayollar taklif etildi. Barcha onaxonlarga bayram sovgalari topshirildi.

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#Bugun_tugʻilgan_kun

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Farg‘ona viloyat bo‘lim rahbari Ma'sudjon Sulaymonov tavallud topgan kun.

🌟 Ma’sudjon  Sulaymonov
1978-yil 15-mayda Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida tug'ilgan.

❇️   Ma’sudjon  Sulaymonov 2020 yil,  “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1997-2001 yy. -  Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi, 2001-2004 yy. - “Farg‘ona haqiqati” gazetasi muxbiri, 2004 -2022yy -  O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Mahalliy axborot tahririyatining Farg‘ona viloyatidagi sharhlovchisi, 2022-yildan   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari.

📚  Ma'sudjon Sulaymonov  ayni paytda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi yangilanishlarning faol targʼibotchisi, el-yurt, jamiyat uchun qilib kelayotgan sharafli xizmatlari tahsinga sazovordir.

🌷 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jamoasi
Ma'sudjon Sulaymonovni tavallud topgan kuni munosabati bilan muborakbod etib, unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr,  baxt-saodat, yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi jamoasi nomidan  Minhojiddin MIRZO


https://telegra.ph/MasudjonSulaymonov-05-15

🌐 @manaviy_markaz
#Ózbekiston_tumani
#Xurshid_Davron
#71_yoshda
#Misralarga_aylangan_hayot

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tumani bo’linmasi tashabbusi bilan tumandagi 7- umumiy o’rta ta’lim maktabida Xurshid Davron tavalludining 71 yilligi munosabati bilan “Misralarga aylangan hayot ” nomli ma’naviy ma’rifiy o’tkazildi. Dastavval 8- sinf adabiyot darsida “Moziyni so’zlatgan shoir” mavzusida ochiq dars, adib ijodi va asarlari bo’yicha  Zakovat intellektual o’yini hamda “Misralarga aylangan hayot” nomli badiiy musiqiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda so’z olgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov adib sherlari, asarlari va ijodi orqali insonlar taqdiri hamda inson umrining murakkabligi mahorat bilan tasvirlangan ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyat kasb etishi to’g’risida tadbir qatnashchilariga ma’lumot berdi.