Farg'ona viloyat kutubxonasi
3.85K subscribers
11.5K photos
676 videos
3 files
1.44K links
📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚
📘Yangi kitoblar
📜Badiiy asarlar
📰Yangiliklar
🎁Aksiya va tanlovlar

Murojaat: @Ferghana_library_bot
Download Telegram
#Jarayon

Ayni damda Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazida Beshariq, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Furqat tumanlari va Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi  Farg‘ona viloyat Axborot- kutubxona markazining  “Yig‘ma elektron katalog” sektori mutaxassislari  tomonidan catalog.unicat.uz dasturiga bibliografik yozuv yaratish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushunchalar berib borilmoqda.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazida  O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialining "Kutubxona faoliyati" yo‘nalishi 1-kurs talabalari  ishtirokida "Mening kasbim-mening faxrim" nomli  davra suhbati o‘tkazildi.

Kutubxona xodimlari tomonidan talabalarga yurtimizda kutubxona sohasini rivojlantrish uchun olib borilayotgan ishlar,  kutubxona me'yoriy xujjatlarini yuritish, kitobxonlar bilan muloqot qilish, kitoblarni joylashtrish hamda kutubxona sohasidagi faoliyatlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlik_ilhomlari
 
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7-, 8 va 9-sinflarga qabul e'lon qiladi!

Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida
ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi.

1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari;
2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:

I - ijodiy matn yaratish;
II - ijodiy suhbat;
III - 50 ta test.
▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test;
▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test;
▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test.

📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi.

📞Call-markaz - 1206
☎️Telefonlar:
+99891 124-52-10
+99891 158-59-38
+99891 666-00-22


🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun metodik yordam ko'rsatildi.

Viloyat axborot-kutubxona markazi abonement sektori, xizmat ko‘rsatish va bibliografiya xizmatlari, yig‘ma elektron sektori hamda hujjatlarni kataloglashtirish va ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan tuman-shahar kutubxonachilari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalarni berildi.
#Jarayon

Ayni damda Bag‘dod tumani axborot-kutubxona markazida Beshariq, Rishton, Oltiariq, Buvayda tumanlari va Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi  Farg‘ona viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Seminarda catalog.unicat.uz dasturida bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda hamda abonement sektori, xizmat ko‘rsatish va bibliografiya xizmatlari, hujjatlarni kataloglashtirish va ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan tuman-shahar kutubxonachilari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalar berilmoqda.