Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
328 subscribers
4.49K photos
475 videos
5 files
958 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
“Миришкор” маҳалла фуқаролар йиғинида саккизта кўчани асфальтлаш ишлари давом этмоқда

Бағдод туманининг “Миришкор” маҳалла фуқаролар йиғинида Президентимизнинг 2022 йил 25 октябрда қабул қилинган “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори асосида 3 минг 400 метр масофадаги саккизта кўчага асфальт ётқизилмоқда. Бунинг учун давлат бюджетидан 1 млрд. 530 млн. сўм маблағ йўналтирилди.

Таъкидлаш жоиз, мазкур қарор ижроси доирасида қишлоқ ва маҳаллаларда инфратузилма билан боғлиқ энг долзарб масалаларни тизимли ҳал этиш, ва шу асосда аҳоли учун муносиб турмуш шароитларини яратишга алоҳида эътибор қаратиляпти.

Фарғона вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси ахборот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ravon yoʻllardan - obod manzillar sari

Oltiariq tumani ma'orif MFY Ravon koʻchasida yangi uylar qurilib, aholi yashay boshlaganiga 20 yil boʻldi.
Bugun shu va atrof koʻchalardagi jami 8 kilometr ichki yoʻllar Prezidentimizning mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi PQ-408-sonli qaroriga asosan toʻliq asfaltlashtirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Katta Amirobod mahallasining ravon bo'layotgan yoʻllari

Ayni kunlarda Fargʻona viloyatida qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash borasidagi bunyodkorlik ishlari jadal tus olgan.

Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan amaliy tadbirlar natijasida maskanlar koʻrkam tus olib, aholiga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Xususan, ayni qarori asosida Dang'ara TYFUK yo'lsozlari tomonidan Dang'ara tumani “Amirobod” mahalla fuqarolar yigʻinining ichki yoʻllarini sement-beton qoplamasi bilan qoplab, ravon va soz holatga keltirish ishlari jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
⚡️Islohotlar amalda - Quva tumani

Quva tumanida ham PQ-408-sonli qaror ijrosi doirasida qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Guliston” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ichki yoʻllar bilan bogʻliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida amaliy ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Hozirda pudratchi tashkilot yoʻlsozlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ichki yoʻllarga asfalt yotqizilib, qatnov yoʻllari ravon va soz holatga keltirildi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Yoʻllarimiz ravon boʻlmoqda - Uchko'prik tumani

Uchko'prik tumanida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash borasidagi bunyodkorlik ishlari jadal tus olgan.

Xususan, ayni qarori asosida Uchko'prik tumani “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yigʻinining ichki yoʻllari ham asfaltlanib, ravon va soz holatga keltirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#qiziqarli

Maxsus avtopoyga musobalari o'tkaziladigan yo'l qurilishi

Kanalga ulanish👇
t.iss.one/faravtoyul1
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📌📌📌 " Фарғона ҳақиқати" газетасининг 2023 йил 12 май 19-сонида ўқинг!

Фарғона вилояти Автомобиль йўллари бош бошқармаси ахборот хизмати
#Ислоҳотлар_самараси

Президентимиз қарори асосида ҳудудлардаги ички йўлларни соз ҳолатга келтириш орқали, аҳолининг кўп йиллик муаммолари ижобий ҳал этиб борилмоқда.

Хусусан, давлатимиз раҳбарининг 2022 йил 25 октябрдаги “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори асосида Бешариқ тумани “Мевазор", “Сарбон”, "Нурли йўл" ҳамда “Собиртепа” кўчаларини боғловчи 6,1 километр масофадаги ички йўлларга асфальт ётқизилиб, манзиллар обод ва кўркам тус олмоқда.

Бу каби ҳудудлар инфратузилмасини яхшилашга қаратилган амалий тадбирлар, бунёдкорлик ишлари айни кунларда туман маҳаллаларида қизғин давом этмоқда.
#kun_hikmati

Tushuntirish uchun vaqtingizni behuda sarflamang; Odamlar faqat eshitishni istaganlarini eshitishadi.

©Paulo Koelo (Alkimyogar) asaridan
Porloq mahallaning ravon yo'llari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentininig 2020-yil 25-noyabrdagi Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi” doirasida Yozyovon tumani Porloq mahallasi aholi tomonidan tanlangan 1-loyiha boʻyicha 10 km uzunlikda 5-toifaga kiruvchi ichki yoʻllarni asfaltlashtirish rejalashtirilgan edi. Bugundan “Bestroy 2020” MCHJ tomonidan ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari boshlandi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi nazoratida. Mahalla ahli xursand, duolar qilishmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati