Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
331 subscribers
4.53K photos
488 videos
5 files
971 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Dang‘ara _tumani
   Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun huquqiy targibot tadbiri o‘tkazildi.
    Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va tadbirkorlik sub‘yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori mazmuni va ahamiyati hususida ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv davomida YaTTlarga davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar haqida so‘z yuritilib, tadbir davomida ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
    Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Yozyovon _tumani
     Yozyovon tumanida  xususiy tadbirkorlik subyektlari, aholi vakillari bilan Prezidentning “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zahiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Unda Yozyovon TYFDM xuquqshunosi va hokim yordamchisi, hududidagi mahalla mas'ullari, sohaga daxldor muassasalar vakillari ishtirok etdi.
    Seminarda aholidagi mavjud tomorqalardan unumli foydalanib, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar va takliflar bildirildi.
     Yerdan samarali foydalanish - aholi turmush farovonligini oshirishning muhim omili ekanligi, bu borada soha mutasaddilari mas'uliyatni yanada oshirishlari lozimligi ta'kidlandi.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Furqat _tumani
     Mehnat kodeksi va uning mazmun mohiyati haqida aholi vakillariga tushuntirishlar berilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘qon Davlat muzey qo‘riqxonasi amaliy san'at muzeyi “Jom'e majmuasi” da tashkil etildi. Unda majmua mudiri M.Nosirova, ilmiy xodim L.Po‘latov hamda muzey xodimlari ishtirok etishdi. Furqat TYFDM huquqshunosi  N.Qodirova mehnat sohasidagi qonunchilikning maqsadi — xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iboratligi haqida to‘xtalib,  ushbu faoliyat bilan bog‘liq barcha munosabatlarni Mehnat kodeksi tartibga solishi haqida ma’lumot berdi.Mehnat kodeksi xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash imkonini beradi.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#O‘zbekiston_tumani
     Oʻzbekiston TYFDM 
huquqshunosi E. O. Qodirov Oʻzbekiston tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarorining mazmun mohiyati toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borildi. Bu kabi huquqiy targʻibot tadbirlari aholi va keng jamoatchilik orasida davom etmoqda.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Farg‘ona_tumani
   Farg'ona tumani Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi J. Vahobov tomonidan "Konstitusiy-bosh qomusimiz"  mavzusida huquqiy targibot tadbiri o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi  qabul qilingan sana munosabati bilan ishchi-xodimlar bilan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot yetkazildi.
           Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
      # Bag‘dod _tumani
        Bag‘dod tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi
hamda kasaba uyushmasi xodimi hamkorlikda Rishton tumanidagi ishlab chiqarish korxonalarida, yoʻl chetidagi savdo do‘konlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasining  “Tadbirkorlik to’g’risida” gi Qonuni va “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi borasida tushuntirishlar olib borildi.  Ya’ni, yo‘l mintaqa hududida o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qilmasliklari, piyodalar yo‘laklarini  to‘sib qo‘ymasliklari haqida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida batafsil tushuntirishlar berilib, tadbir ishtirokchilaridan kelib tushgan savlollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Quvasoy _shahri
     Quvasoy shahar Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi I. Jabborov tomonidan tadbirkorlik subyektlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusyasi qabul qilingaligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.  Uchrashuvlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar yetkazilib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javoblar berildi.
       Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Buvayda_tumani
     Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida  Buvayda tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mamajonov Gʻayratjon, Fargʻona viloyati  Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik I.Qoʻchqorov va Buvayda tumani YFDM yurist maslaxatchisi D.A.Moʻminov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Buvayda tumani YFDM yurist maslaxachisi D.A.Moʻminov hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalar istemoli bilan bogʻliq jinoyatchilik oʻsib borayotganligini, ushbu jinoyatchilikka qarshi kurashda mahalla bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilayotganligini, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga muvofiq  jazo muqarrarligi  haqida toʻxtalib oʻtdi.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
Buvayda tumani "Buyuk ipak yo‘li"  MFY da istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun Buvayda tumani YFDM huquqshunosi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  Unda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish va yo‘l madaniyatiga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Yo‘l muhofaza  hududida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish qonunchilikka zid ekanligi, agar ana shunday holat kuzatilsa, o‘z hisoblaridan bartaraf etishlariga to‘g‘ri kelishi haqida ma'lumotlar berildi.
   Hududlarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
   Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik_burchagi

🇺🇿 Davlat idoralariga murojaat qilish tartibini bilasizmi?
📱Murojaat qilish tartibi qanday? 📱Anonim murojaat nima?
☎️Quyidagi videorolik orqali barcha savollarga javob topasiz.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Furqat_tumani
  Furqat TYFDM huquqshunosi Nazokatxon Qodirova Furqat tumani bandlikka ko‘maklashish bo‘limida bo‘lib, bu yerga kelgan fuqarolar bilan uchrashdi. U uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun va mohiyatini tushuntirib, Qarorga ko‘ra hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar to‘grisida tushunchalar berdi. 
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#DANG‘ARA _tumani
     Joriy yilning 28-yanvar sanasida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun huquqiy targibot tadbiri o‘tkazildi.
    Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni mazmuni va ahamiyati hususida ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv davomida YaTTlarga davlat tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar haqida so‘z yuritilib, tadbir davomida ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va mavzuga doir flayer taqdim etildi.
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
   
#Qo‘qon_shahri
    Qoʻqon shahar 22-sonli "Parpashabof" MFYda Fargʻona yoʻllardan muntazam foydalanish korxonasi DM bosh muhandisi Eldorjon Qodirov aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida  "Tashabbusli budjet" loyihasi boʻyicha ichki koʻchalarni ta’mirlash masalasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
  Eslatib oʻtamiz: “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20 martga qadar davom etadi.
Bunda:
  ⁃ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
⁃ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
⁃ Targʻibot bisqichi — 8–10-mart;
⁃ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari oʻtkaziladi.
    Joriy yildagi 1-mavsum gʻoliblari 21-mart — Navroʻz bayrami kuni e'lon qilinadi.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targʻibot
#Oʻzbekiston_tumani
      Oʻzbekiston tumani Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi  E.Qodirov  tumandagi “Yakkatut” MFY hududidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi Qarori mohiyati toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib bordi.
Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.