Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
436 subscribers
4.98K photos
584 videos
5 files
1.06K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QUTLOV
#TAVALLUD_AYYOM_MUBORAK!
    Bugun   Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida uzoq yillar bosh hisobchi lavozimida faoliyat olib borgan va xozirda nafaqada bo‘lgan   Egamberdiyev Adxam  Amanbayevichning tavallud ayyomi. Bugun uning ko‘plab shogirdlari soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Adxam  Amanbayevichni qutlug‘ 62 yoshi bilan  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbariyati hamda soxa xodimlari muborakbod etadilar.
    Uzoq umr, sixat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.
   O‘tgan yillar davomida yurtimiz obodligi va soxa rivojiga qo‘shgan hissangiz  taxsinga loyiq.
    Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlardagi "aks_sado_uz" saytida e'lon qilingan “Yo‘ldagi nosozlik haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirmoqda” sarlavhali tanqidiy murojaat yuzasidan Farg'ona viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.
#Huquqiy_targ‘ibot
#Buvayda_tumani
    Buvayda tumanidagi  Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi tomonidan  “Yangiqo‘rg‘on” MFY fuqarolari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirilid.
     Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 461-moddasi  “Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish” bo‘yicha – Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, uchun javobgarlik va 592-modda bo‘yicha oilaviy zo‘rovonlik borasida so‘z yuritildi va ushbu moddalar bo‘yicha jazo turlari haqida tushuntirishlar berildi.
     Yig‘ilishda bundan tashqari Jinoyat kodeksining 273-moddasida ko‘rsatilgan giyohvand moddalarni olish, o‘tkazish va sotish holatlaridagi javobgarlik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
      Huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Farg'ona viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Soha_rivoji_doimiy_e'tiborda.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdurahmonov Amriddin Nasriddinovich ishtirokida  anjuman tashkil etildi.  Unda Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbariyati va xodimlari, boshqarmaning tuman, shahar muassasalari mutasaddilari qatnashishdi. Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi. Dastavval avtomobil yo‘llarini rivojlantirish sohasiga to‘sqinlik qilayotgan  bugungi kundagi mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni hal etish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Shu bilan birga viloyatdagi 60 ta yo‘l bo‘limlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, namunaviy yo‘l bo‘limida seminar tashkil etish taklifi ilgari surildi.  Viloyatdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida bajarilayotgan ishlarning  sifatini nazorat qilish yuzasidan alohida ko‘rsatmalar berildi. Farg'ona viloyati Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.