Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
327 subscribers
4.47K photos
473 videos
5 files
954 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🏙Piyozchilik mahallasidagi 50 yillik muammolar oʻz yechimini topmoqda

📌Toshloq tumani "Piyozchilik" MFYda istiqomat qiluvchilar uzoq yillar qiynab kelgan qishda loy, yozda chang ko'chalarini asfalt qilish ishlari boshlab yuborildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda

Farg'ona viloyati Bagʻdod tumanining “Samarqand” mahalla fuqarolar yigʻinidagi ta'mirtalab ichki yoʻllar asfaltlashtirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda
Quvasoydagi ichki koʻchalarimiz ravon boʻlmoqda

Quvasoy shahrida Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlanmoqda.

Xususan, Quvasoy shahar Soy boʻyi mahallasining Sohil koʻchasini 350 metr, Mustaqillik koʻchasini 150 m, Bobur koʻchasining 600 metr qismini asfaltlashtirish hamda Mustaqillik koʻchasida 1 km piyodalar yoʻlagini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarga 1,15 mlrd.soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Namuna mahallasining ichki koʻchalariga sement beton yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avval habar berganimizdek Quva tumandagi Namuna mahallasining 3 km ichki koʻchalariga sement beton qoplashga tayyorlash ishlari olib borilayotgan edi.

Hozirda mazkur koʻchalarda bosh pudratchi “Fargʻona yoʻl qurish-taʼmirlash” MCHJ tomonidan zamonaviy texnikalarni jalb etgan holda sement beton yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida 1,5 mlrd.soʻm mablagʻ sarflash koʻzda tutilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hudud aholisining uzoq yillardan qiynab kelayotgan muammolar hal etilmoqda. Albatta olib borilayotgan islohotlardan hudud aholisi birdek mamnun.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛣TOSHLOQ TUMANIDA 2023-YILDA 40 KM MASOFADAGI ICHKI YOʻLLAR ASFALT QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanida koʻplab ichki yoʻllarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar qarorga koʻra, 10 ga yaqin mahallalarning 40 km uzunlikdagi ichki yoʻllari sifatli qilib afalt qilindi.

Ayni kunlarda “Istiqlol” MFYdagi ichki yoʻllarning 6 km qismida asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Qurilish-taʼmirlash ishlari uchun Davlat byujetidan 3 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

Koʻp yillardan buyon murojaat qilar edik, bu yoʻllarda farzandlarimiz maktabga borib kelishga qiynalar edi,-deydi 80 yoshli Mahammadjon ota Mirzaahmedov.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
🛣Katta Beshkapa mahallasida 8 kilometrga yaqin masofadagi ichki yoʻllarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Qoʻshtepa tumanida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Katta Beshkapa mahallasi PQ-408-sonli qarori ijrosini taʼminlashga kirishilgan.

Qaror asosida Katta Beshkapa MFYdagi Zakovat, Bogʻimaydon hamda Adolat koʻchalarida “Taraqqiyot qurilish fayz” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 8 kilometrga yaqin masofadagi ichki yoʻllarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
🛣Oʻzbekiston tumanidagi yana 5 ta mahallaning 11 km ichki yoʻllari obod boʻldi

Oʻzbekiston tumanidagi qishloq va mahallalar infratuzilmasi bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan ichki yoʻllarni sozlash tadbirlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Ramazon arafasida ham tumandagi yana 5 ta mahallalarning maʼlum ichki yoʻllarini obodlik kasb etishi hudud ahliga oʻziga xos bayram tuhfasi boʻldi.

Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Shakarobod” mahallasida 1,2 km, “Darveshobod” mahallasida 2,3 km va “Olmazor mahallasida 1,5 kmga yaqin ichki yoʻllari aslfaltlandi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida esa “Mevazor” mahallasining 3,2 km hamda “Nursux” mahallasining 3,0 km ichki yoʻllariga asfalt yotqizilib, manzillar obod va koʻrkam tus oldi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
“Qirguli” mahallasining ichki yoʻllari asfalt qilinmoqda

Ayni kunlarda Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Qirguli” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ichki yoʻllarning 2500 metr qismi asfalt qilinishi belgilangan. Hozirda yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 1 mlrd. 300 mln. soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan.

Ana shu ishlardan soʻng hudud qiyofasi butunlay oʻzgardi. Ravon va koʻrkam, fuqarolar avvalgidek, oʻnqir-choʻnqir yoʻlda emas, ravon yoʻlallardan foydalanmoqda. Aholiga ertalab va kechqurun sayr qilishi uchun imkoniyati yaratildi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#Sox
#open_budget
#Inson_qadri_uchun

So'x tumani Chumoqcha mahallasidagi 3,4 kilometr ichki yoʻllar “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida asfaltlashtirilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati