Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
325 subscribers
4.46K photos
457 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Farg‘onada_qor
    Farg‘ona viloyatida harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda. Bugun (8.12.2024) soat 21:30 da ob-havo bulutli, So‘x tumani va Shohimardon qishlog‘ida maydalab kuchsiz qor yog‘moqda. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga muzlamaga qarshi aralashma sepilmoqda. Yo‘llarda avtotransport harakati ikki tomonlama davom etmoqda. Harorat     -1 daraja. Yo‘l bilan bog‘liq favqulodda xodisa va YTX lar kuzatilmadi.  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tuman korxonalarining 250 nafar ishchi-xodimlari navbatchilikka jalb etilgan
  Agar ushbu yo‘nalishda murojaatingiz bo‘lsa, бошқарманинг (73) 226-26-53 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling. 
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati
.
#Farg‘onada_qor
Vodil qishlog‘i  tog‘li hududda joylashgan. Farg‘ona tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining navbatchilik qismi ayni daqiqalarda (8.12.2024. Soat 22-00) yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ushbu manzilda o‘z ish faoliyatini olib birmoqda. 
Mavsum davomida harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 600 tonna tuz,1900 m3 qum, 250 м3 qum-tuz aralashmasi zahirasi yaratilgan bo‘lib,  tunu kun uzluksiz faoliyat ham yo‘lga qo‘yilgan. Navbatchi xodimlar issiq kiyim-bosh, yotoq joylar bilan ta'minlangan. 
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati
.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ta'ziya
Baxromov Xayrullo Abdusattorovich
  Farg‘ona viloyati  Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi Texnik kuzatish va amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Baxromov Xayrullo Abdusattorovich, afsuski bugun oramizda yo‘q.
  Baxromov Xayrullo 1971-yilning 30-iyul kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topdi. 
Yo‘lsozlik kasbiga bo‘lgan muxabbat,  o‘rta maktabni tugatgan Xayrulloni Toshkent avtomobil yo‘llari instituti sari yetakladi.
Oliygohni muvaffaqiyatli tugatgach, o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, tinimsiz halol mehnati bilan yo‘l sohasining malakali mutaxassislaridan biriga aylandi. X. Baxromov butun umrini shu sohaning  rivoj topishiga, xalqning dardiga malham bo‘lishga bag‘ishladi va qanchadan-qancha o‘zi kabi halol, mehnatsevar shogirdlarni tarbiyalashga ulgurdi.
Joriy yilning 8-dekabr sanasida bevaqt o‘lim uni oramizdan olib ketdi.
U ochiq ko‘ngil, kamtar,  mehribon va dilkash insonligi bilan   hamkasblari ko‘nglida chuqur, o‘chmas iz qoldirdi.
  Baxromov Xayrullo Abdusattorovichning  vafoti munosabati bilan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rahbariyati uning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. 
     Oxiratingiz obod bo‘lsin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FARʼONA_VILOYATI🚩
  
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Markaziy sinov laboratoriyasi Farg‘ona filiali faoliyatiga nazar.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_targ‘ibot
Buvayda tumani "Buyuk ipak yo‘li"  MFY da istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun Buvayda tumani YFDM huquqshunosi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  Unda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish va yo‘l madaniyatiga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Yo‘l muhofaza  hududida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish qonunchilikka zid ekanligi, agar ana shunday holat kuzatilsa, o‘z hisoblaridan bartaraf etishlariga to‘g‘ri kelishi haqida ma'lumotlar berildi.
   Hududlarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
   Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Farg‘ona_viloyati
#Yashil_makon

   ☘️ Yashil maydonlarni kengaytirish yo‘lidagi ezgu harakatga O‘zbekiston tumani yo‘lsozlari ham munosib hissa qo‘shdilar. Tashkil etilgan ko‘chat ekish tadbirlarida bir kunda 1000 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib,  umumfoydalanuvdagi yo‘llar yoqalari obodlikka yuz tutdi.
  🌿 Ma'lumot o‘rnida: Farg‘ona viloyatidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari yoqalariga 157000 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 159 000 dan ziyod ko‘chatlar ekildi.

Telegram | Facebook |📹You Tube 🌐  Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM