Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
329 subscribers
4.46K photos
469 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Furqat _tumani
     Mehnat kodeksi va uning mazmun mohiyati haqida aholi vakillariga tushuntirishlar berilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘qon Davlat muzey qo‘riqxonasi amaliy san'at muzeyi “Jom'e majmuasi” da tashkil etildi. Unda majmua mudiri M.Nosirova, ilmiy xodim L.Po‘latov hamda muzey xodimlari ishtirok etishdi. Furqat TYFDM huquqshunosi  N.Qodirova mehnat sohasidagi qonunchilikning maqsadi — xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iboratligi haqida to‘xtalib,  ushbu faoliyat bilan bog‘liq barcha munosabatlarni Mehnat kodeksi tartibga solishi haqida ma’lumot berdi.Mehnat kodeksi xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan birga, ish tanlash, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanishda davlat kafolatini ta’minlash imkonini beradi.
#Quvasoy_TYFDM
Quvasoy TYFDM tomonidan 4R143 "Farg‘ona-Quvasoy-Qizilqiya" avtomobil yo‘lining 9-km qismida transport vositalari vaznini o‘lchovchi "Ko‘chma tarozi" yordamida o‘lchov ishlari amalga oshirildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Oltiariq_TYFDM
Oltiariq TYFDM ishchi_xizmatchilari tomonidan yo‘l saqlovi ishlari amalga oshirib borilmoqda.  Bunda yo‘l qoplamasi turli xil predmet va chiqindilardan tozalov ishlari bajariladi. 
Haydovchilar,  yo‘lovchilar tomonidan tashlanadigan har qanday jism nafaqat yo‘llarda harakat xavfsizligiga balki,  yurt ko‘rki va obodligiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#O‘zbekiston_tumani
     Oʻzbekiston TYFDM 
huquqshunosi E. O. Qodirov Oʻzbekiston tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimida xodimlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarorining mazmun mohiyati toʻgʻrisida targʻibot ishlari olib borildi. Bu kabi huquqiy targʻibot tadbirlari aholi va keng jamoatchilik orasida davom etmoqda.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Farg‘ona_tumani
   Farg'ona tumani Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi J. Vahobov tomonidan "Konstitusiy-bosh qomusimiz"  mavzusida huquqiy targibot tadbiri o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi  qabul qilingan sana munosabati bilan ishchi-xodimlar bilan huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot yetkazildi.
           Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
      # Bag‘dod _tumani
        Bag‘dod tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi
hamda kasaba uyushmasi xodimi hamkorlikda Rishton tumanidagi ishlab chiqarish korxonalarida, yoʻl chetidagi savdo do‘konlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga O‘zbekiston Respublikasining  “Tadbirkorlik to’g’risida” gi Qonuni va “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi borasida tushuntirishlar olib borildi.  Ya’ni, yo‘l mintaqa hududida o‘zboshimchalik bilan qurilishlar qilmasliklari, piyodalar yo‘laklarini  to‘sib qo‘ymasliklari haqida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida batafsil tushuntirishlar berilib, tadbir ishtirokchilaridan kelib tushgan savlollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Quvasoy _shahri
     Quvasoy shahar Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi I. Jabborov tomonidan tadbirkorlik subyektlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusyasi qabul qilingaligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.  Uchrashuvlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma'lumotlar yetkazilib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javoblar berildi.
       Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
     
#Buvayda_tumani
     Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida  Buvayda tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mamajonov Gʻayratjon, Fargʻona viloyati  Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik I.Qoʻchqorov va Buvayda tumani YFDM yurist maslaxatchisi D.A.Moʻminov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Buvayda tumani YFDM yurist maslaxachisi D.A.Moʻminov hozirgi kunda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalar istemoli bilan bogʻliq jinoyatchilik oʻsib borayotganligini, ushbu jinoyatchilikka qarshi kurashda mahalla bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilayotganligini, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga muvofiq  jazo muqarrarligi  haqida toʻxtalib oʻtdi.
      Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.