Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
329 subscribers
4.51K photos
487 videos
5 files
970 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA🎙️
#FARG'ONA_VILOYATI 📍

🎙"Farg‘ona"  radiosining "Farg‘ona24"  informatsion dasturida hududlarda amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish ishlari haqida ma'lumot berib borilmoqda.

Telegram | Facebook |📹You Tube |🌐  Website
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Rishton_tumani                                          Rishton tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tashabbusi bilan Rishton tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan korхona xodimlari va nazoratchilari  o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Rishton tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi D.Astonov Rishton tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga alohida tushuntirishlar berib, vijdonan va sidqidildan ishlash kerakligi, korrupsiyaga qarshi kurash orqali mamlakat rivojiga har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlandi.                                    Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Toshloq_tuman                                  Toshloq tumani Yo‘llardan foydalanish muassasasi tashabbusi bilan Toshloq tumani Prokuraturasi xodimlari hamkorligida 2-sektor hududidagi MFY raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 342-sonli qarorining ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan   uchrashuv o‘tkazildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Toshloq tuman Prokurori  yordamchisi Abdufattoh Fattohov MFY raislariga alohida tushuntirishlar berib,  yo‘l bo‘yidagi savdo rastalarini tartibga solish kerakligini va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalasi alohida ta’kidladi. Bundan tashqari Toshloq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi Shohjaxon Igamberdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 342-sonli qarorining mazmun mohiyati borasida tushuntirish ishlarini olib bordi.                                               Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
#Qo‘shtepa_tumani
   Qo‘shtepa tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tashabbusi bilan Qo‘shtepa tuman IIB  bilan hamkorlikda  Shodlik MFY raisi va MFY faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi, unga qarshi har bir fuqaro kurashishi orqali ushbu illatdan holi jamiyat barpo etish mumkinligi ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
# Dang‘ara_tumani

Dang‘ara tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi hamda adliya bo‘limi xodimlari hamkorligida tumandagi 34-son umumta’lim maktabi pedagog xodimlari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat ta’tili davomiyligi, ularni hisob-kitob qilishda yangi talablar” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, tadbir ishtirokchilaridan kelib tushgan savlollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.
  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy_targ‘ibot
#Oltiariq_tumani
    Oltiariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi tuman "Vatanparvar" tashkilotida xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.  Xuquqshunos ushbu qonun yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tizimda kuzatilishi mumkin bo‘lgan korruptsion holatlarning oldini olishga chaqirdi. 
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Sequence 01_1 (1)
<unknown>
#Diqqat_e’lon.                                  #Farg‘ona_radiosi
#Haydovchilar_va_fuqarolar_diqqatiga!
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi 4R112 “Farg‘ona xalqa yo‘li” ning 226-km qismi (“Satkak” aylanmasi)dan 301-km (Qo‘qon shahrigacha) bo‘lgan qismida, shu bilan birga 4K920 “Bag‘dod – Yangiqo‘rg‘on ”  avtomobil yo‘lining 0–9-km qismi oralig‘ida  qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi munosabati bilan ushbu yo‘lda harakatlanganda ogoh bo‘lishni, tezlikni oshirmaslikni, yo‘lsozlar faoliyat olib borayotgan manzillarda ularning mehnatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘rab qolamiz.
Yo‘llarning ravonligini ta'minlash yo‘lidagi ishlarga yo‘lsozlar faoliyatiga xalal bermagan holda siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!
       Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi.
#Huquqiy targ‘ibot
   
#Yozyovon_tumani
     Yozyovon tumani Yo'llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi tomonidan Yozyovon tumani 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish - jamiyat istiqbolida muhum omil” mavzusida seminar o‘tkazildi.  Tadbirda ishtirokchilarga yurtimizda va jamg‘arma tuzimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining ko‘rinishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi, faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta‘minlash, huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish, xizmat intizomi, odob-ahloq va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta‘minlash, shuningdek, BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi hamda boshqa xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlarining  mazmun - mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy targ‘ibot
   
#Farg‘ona tumani
    Farg‘ona tumani Yo‘llardan foydalanish Davlat muassasasi huquqshunosi Jahongir Vahobov tomonidan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB da O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” gi Qonunining mazmuni  bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbir davomida Qonunning mazmun mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.
     Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Президент Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.

Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади.

Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM