Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
325 subscribers
4.46K photos
456 videos
5 files
949 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Yoʻlsozlar ishidan yoʻlovchilar mamnun

Bagʻdod tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yoʻlsozlari 4k-870a “Qirqvolida-Bogʻishamol” avtomobil yoʻlining 1-3 kilometrlari oraligʻida taʼmirlash ishlarini olib borishmoqda. Tabiiyki, bu koʻp sonli yoʻlovchilarning kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, yoʻlsozlar shaʼniga iliq fikrlar aytilmoqda.

Korxona rahbari Umidjon Yigitaliyev, bu kabi joriy taʼmirlash ishlari tuman hududidagi boshqa avtomobil yoʻllarida ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Prezident qarori amalda | “Hayit” koʻchalarining 2.2 km qismi ravon boʻldi

Furqat tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash ishlari jadal surʼatda davom etmoqda.

Davlat rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qaroriga asosan “Hayit” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ichki koʻchalarni asfaltlashtirish ishlari olib borildi.

Bogʻishamol, Navroʻz, Yangi hayot, Xonariq, Doʻstlik, Tegirmonboshi koʻchalardan oʻtuvchi asosiy shox koʻchaning 1700, Abadiyot koʻchasining 500 metr qismi asfaltlandi.

“Ulugʻ ayyom kunlarida bizning mahallada ulugʻ ishlar olib borilmoqda.” - Aholi vakillari mahallalarning qiyofasi tobora ko'rkamlashib borayotganidan mamnun.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
“Maʼrifat” mahallasining ham ichki yoʻllari asfalt qilindi

Ayni kunlarda Fargʻona shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur qaror asosida “Maʼrifat” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi ichki yoʻllarning 3 kilometr qismi asfalt qilindi. Ichki yoʻllarni asfaltlashtirish ishlari uchun respublika budjetidan 600 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Dangʻara tumani Katta Amirobod MFYning 300dan ziyod xonadonlarda yashovchi 1700 dan ortiq fuqarolarning yogʻingarchilik vaqtlarida yuzaga keladigan ichki yoʻllaridagi muammolar toʻliq bartaraf etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qaroriga muvofiq Katta Amirobod MFYda 3.5 km masofadagi sement-beton qoplamali yoʻllar yotkizilmoqda.

Bugungi kunda Ibrat koʻchasidagi ichki yoʻllarga sement-beton qoplamali yoʻllar yotkizilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_samarasi
“Ibrat” mahallasida ham ichki yoʻllar asfalt qilindi


Fargʻona shahridagi “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan 1500 metr ichki yoʻllarni asfalt qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar uchun qaror asosida 750 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan. Yillar davomida fuqarolarga noqulayliklar keltirgan koʻchalarning sifatli tarzda asfaltlanishi aholini behad quvontirmoqda.

Shahrimizdagi mahallalarda ichki yoʻllarni asfalt qilish, ichimlik va oqova suvi tarmoqlarini tortish hamda boshqa infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Ochiq byudjet: “Mening yoʻlim” loyihasiga start berildi

“Ochiq byudjet” axborot portalidagi “Mening yoʻlim” loyihasi oʻz faoliyatini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2022-yil 2-fevraldagi “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori qabul qilingan.

Bu tizmi “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridan farqli ravishda har yili bir marotaba oʻtkaziladi.

Buning uchun axborot portaliga ichki yoʻllarning joylashgan manzili (geopozitsiyasi), toʻliq nomlari, uzunligi, holati (asfaltlangan, taʼmirtalab) va boshqa maʼlumotlari toʻliq kiritiladi hamda fuqarolar ichki yoʻllar reyestridan geomaʼlumotlar asosida tegishli ichki yoʻlni tanlash orqali oʻz takliflarini qoldirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yoʻlim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga start berildi.

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yoʻnaltirishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yoʻlim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar oʻtkaziladi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_samarasi

Xitoyning ichki yoʻllari obod va ravon bo'lmoqda

✍️Davlatimiz rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida, “Xitoy” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Yangiobod koʻchasining 1 kilometri asfaltlandi, taʼmirtalab holatdagi yoʻl qismlari tartibga keltirildi. Buning uchun 450 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Фарғонада республикамиз эстрада юлдузларининг катта гала-концерти бўлиб ўтади. Ҳамма концертга!!!

Бугун, 18 апрель куни соат 20:00 да Фарғона шаҳридаги Ислом Каримов номли вилоят театр-концерт саройи майдонида республикамиз эстрада юлдузларининг катта гала-концерти бўлиб ўтади.

Ўзбекистон халқ артисти Гулсанам Мамазоитова, Зиёда, Жаҳонгир Позилжонов, "Беном" гуруҳи ва вилоятимизнинг таниқли санъаткорлари катта концерт дастурини фарғоналик санъатсеварлар эътиборига ҳавола этадилар.

Барча фарғоналикларни ҳамда вилоятимиз меҳмонларини таклиф қиламиз. Кириш бепул.

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter