Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
435 subscribers
5.22K photos
619 videos
5 files
1.12K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#PQ408
TOSHLOQNING 23 TA MAHALLASIDAGI YO’LLAR YAXSHILANADI

Batafsil, #Zo'r TV #BuKun yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
“Puchugʻoy” mahallasida koʻchalar asfaltlanib, obod va ravon boʻlmoqda

Uchkoʻprik tumanida qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, ichki yoʻllar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz taʼminotini, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obyektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga muhim eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida hududlarda salmoqli ishlar boshlab yuborildi.

Tumandagi “Puchugʻoy” mahalla fuqarolar yigʻinida ham yoʻl infratuzilmasi bilan bogʻliq mavjud muammolarni bartaraf etish, ichki koʻchalarni taʼmirlash, yogʻin-sochinli kunlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich asfalt yotqizish va shagʻallashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun pudratchi tashkilot yoʻlsozlari tomonidan mahallaning Mardlar koʻchasi asfaltlanib, obod manzilga aylandi. Qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlaridan hudud aholisi mamnun va minnatdor. Mahalla hududida ichki koʻchalarni asfaltlash ishlari davom etmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
“Dorulomon”ning obod va ravon yoʻllari

Aholi turmush farovonligini oshirish masalasiga strategik yoʻnalish sifatida eʼtibor qaratilib, soʻnggi yillarda izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli Qarori mahallalar infratuzilmasini yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida aholiga qulayliklar yaratib berilmoqda.

📋 Rishton tumanida ham ichki yoʻllarni taʼmirlash maqsadida asfaltlash ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda. “Dorulomon” MFYda ham bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
“FAROGʻAT” MAHALLASINING ICHKI YOʻLLARI RAVON BOʻLMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan mahallalardagi ichki yoʻllar navbat bilan taʼmirlab kelinmoqda.

Qarorga koʻra, uzoq yillardan buyon aholi harakatlanishida koʻp noqulayliklar tugʻdirayotgan, yozda chang, qishda loy boʻladigan koʻchalar birinchi navbatda asfalt qilinmoqda.

“Farogʻat” MFY tumanning eng olis qishloqlaridan hisoblanadi. Prezident qarori ijrosini taʼminlanishi ushbu mahallaning ichki koʻchalarini asfalt boʻlishiga sabab boʻldi.

Ayni kunlarda mahalladagi ichki yoʻllarning 6,3 km qismida asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Qurilish-taʼmirlash ishlari uchun Davlat byudjetidan 3 milliard 50 million soʻm mablagʻ ajratilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati