Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
325 subscribers
4.46K photos
459 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#jarayon
#PQ408
“Yangi hayot” mahallasining 2 kilometr masofadagi ichki koʻchalari asfaltlashtirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida ichki koʻchalarni asfaltlashtirish, ichimlik suv qudugʻi qazish, elektr taʼminotini yaxshilash, ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ana shunday ijobiy ishlardan biri shahardagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida olib borilayapti.

Xususan bugun hududdagi “Soy boʻyi”, “Maftunkor” hamda S.Olloyor koʻchalarining 2 km masofadagi taʼmirtalab holatga kelib qolgan qismi asfaltlashtirildi.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
Yangi qishloq qishlogʻi koʻchalariga asfalt yotqizildi

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrda qabul qilingan “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar yurtimizning chekka hududlarida ham yangi oʻzgarishlarga sabab boʻlmoqda.

Bugun Quva tumanidagi aksariyat mahallalarda ushbu qaror ijrosi doirasida qizgʻin bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda

Qaror ijrosi doirasidagi bunyodkorlik ishlari navbati “Yangiqishloq” mahalla fuqarolar yigʻiniga keldi. Ayni vaqtda mazkur mahalla fuqarolar yigʻinida ham ichki yoʻllar bilan bogʻliq mavjud muammolarni bartaraf etish va bu orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, loyiha doirasida 2,7 mlrd.soʻm mablagʻ hisobiga mahalla hududidagi 5,5 km masofadagi koʻchalar asfaltlanishi rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PQ408
#no_comment
Margʻilon shahridagi “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Soy boʻyi” koʻchasi asfaltlashtirish jarayoni

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#fotohisobot
#jarayon
4R-112 “Fargʻona xalqasi” (226-:-259) yoʻl elementlarini oqlash ishlari amalga oshirilmoqda

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati
#PQ408
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Oltiariq TYFUK tomonidan Toshloq tumani Koʻrgʻoncha MFY Boysun koʻchasini asfaltlashtirishga tayyorlanmoqda.

Fargʻona viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi axborot xizmati