Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.26K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#bizning_ijod

MAKTUB

Yuragimga yozgandim makub,
Xayollarim keltirdi javob.
Nihol ekdim qalbimga bir tup,
Tangrin uchun boʻlsin, deb savob.

Tuyg’ularning vujudin yordim,
Siyoh qildim mehrimni qoʻshib.
Yuragimga borganda yetib,
U ham javob yozibdi joʻshib.

Debdi: rahmat hammasi uchun,
Yurak endi koʻngildan mamnun.
Agar shunday xat yozaversak,
Qalbimizda boʻlmaydi tugun.

Men yana bir xatni yubordim,
Lek koʻzlarim toʻrt boʻldi kutib.
Eh, pochtalyon xayollarni deb,
Yuragimga bormabdi maktub.

✍️Amirullo Ismoilov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​#yangi_tolqin

🔰_Iste’dod shunday bir gavharki, u dengiz tubida, sadaf ichida ham gavhar, iste’dod shunday bir zilol irmoqki, uning har qatrasida daryolarning qudrati, ummonlarning teranligi bor, iste’dod shunday bir gulki, uning har bir ochilmagan g‘unchasida chamanlarning bo‘yi va tarovati bor.
Erkin Vohidov

_Sarvinoz Tursunova Fazliddin qizi, 2004-yil 13-oktabrda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Hozirda Erkin Vohidov ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

VATAN PINHON

Dunyo aziz, dunyo ko‘hna, dunyo qattol
Avtobusda bir qiz borar – ro‘molcha nam.
Shaharlarda etagiga yopishgani
Qishloqdagi kuchugiga o‘xshagan g‘am.

Yomon sog‘inch chang soladi, qayg‘u bosib,
Borayotgan ko‘zlarida achchiq zardob.
Axir bir yil dil qumsadi yalpizlarni
Axir bir yil tovonini quchmas tuproq.

Ich-ichidan zil ketadi tuyg‘ulari
O‘tkir-o‘tkir nigohlarda zangladi ishq.
U ko‘zidan bu ko‘ziga o‘tar qayg‘u,
Yaxshiyamki, yurak bitta, bitta ulush.

Qishloq boshi: havolarda sevgi isi...
Qiz qalbida kurtak ota boshladi baxt.
U angladi og‘riqlarda Vatan pinhon
U bor ekan jilmayishga kelar fursat.

Moychechaklar quvonch tutar yo‘l yuzida,
Ne qilsa ham otasidan qolgan makon.
U qishloqning qizi edi, sodda qizi
U angladi og‘riqlarda Vatan pinhon…

MEN O‘SHAMAN…

Men oʻshaman bahorrang kuzak,
Anglolmagan oltinchi sezging.
Oʻzgarmaysan ming yil oʻtsa ham,
Koʻzlaringning rangidek sevgi.

Ruhi qaysar, ruhi ezgin qiz,
Aytolmadim, borolmadim ham.
Yoding bilan qiymalanar vaqt,
Qarogʻimga yoshlar serqadam.

Ruhi qaysar, ruhi ezginman,
Nigohimda qaroshing tugun.
Men hali ham bahorrang kuzman,
Senga keldim gullamoq uchun...

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇


👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#yangi_tolqin

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Yangi to'lqin" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

📖Hozirda sizning e'tiboringizga Sarvinoz Tursunovaning "Men baxtman" kitobi e'tiboringizga havola etilmoqda.

Adabiyotga, ijodga, she'riyatga muhabbat qo'ygan yosh ijodkorlarimizning ijodiga baho bering!!!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#audio_asar

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

🎙✍️Sarvinoz Tursunova
#zakovat

🏛Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Zakovat intellektual o'yinining saralash bosqichi

🔰Mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi o‘tkazildi.

👭Ushbu intellektual saralash o‘yinda 8 ta guruh, ya’ni har bir guruhda 6 nafardan ishtirokchilar qatnashdi.

🇺🇿O'yin oʻquvchilarimizda juda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Jamoalar qizgʻin kurash olib borishdi va 1-oʻrinni “Biologlar” jamoasi, 2-oʻrinni “Moziy sadolari” hamda “Education” jamoalari, 3-oʻrinni esa “Yangi O‘zbekiston” jamoasi egalladi.

🥇🤝O‘tkirbek Qo‘chqorovning “Biologlar” jamoasini bugungi gʻalaba bilan tabriklaymiz va qolgan jamoalarini ham tabriklab, kelajakdagi ishlariga, oʻqishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#ijodiy_uchrashuv

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida doimiy ravishda taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 23-fevral kuni ijod maktabida tashkil etilgan Gulchehra Asronova rahbarligidagi nasr to‘garagi o‘quvchilari bilan taniqli yozuvchi Odinaxon Аbdurahimova ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yozuvchi bugungi o‘zbek adabiyotining yangi ufqini shakllantirayotgan yosh nosirlarni e’tirof etdi. Qizg‘in va savol – javoblarga boy tarzida o‘tkazilgan mahorat darsida o‘quvchilar o‘zlariga kerakli saboqlar oldilar.

🔰Odinaxon Аbdurahimova 1986-yil Fargʼona viloyatining Buvayda tumanidagi Shoʼrtepa qishlogʼida tugʼilgan. Fargʼona davlat universitetining matematika va informatika fakultetini tamomlagan. Dastlab Uchkoʼprik Sanoat KHK, so'ng OʼzMTDP Buvayda tuman kengashida ishladi. Hikoyalari davriy nashrlarda chop etilgan.

Bizni kuzatib boring
👇👇👇
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi