Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.01K subscribers
12.4K photos
1.47K videos
58 files
4.32K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
IQTIDORLI YOSHLARNI ANIQLASH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH

Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Marg‘ilon shahar Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Marg‘ilon shahar hokimligi tomonidan taqdirlandi. Quvonarlisi shundaki, mazkur tanlovda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining 6 nafari yuqori o‘rinlarni egalladi. Tadbirda Marg‘ilon shahar hokimi Adhamjon Ziyaviddinov fan olimpiadaning shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni tabrikladi va iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish, yoshlarimizning o‘z iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishida muhim ahamiyatga ega ekanligi, qolaversa, iste’dodli yoshlar va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish masalalari ham takomillashtirilganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbirning yakuniy qismida g‘olib o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga

🎤Muhammadamin Nurmatov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi MMIBDO'.

👉TelegramI OromgohI FacebookI O‘zbegim👈
12 fevral 2021-yil kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida 10 – 11 – sinf o‘quvchilarini jalb qilgan holda “Leader Education” o‘quv markazining Davlat test standartlariga mos test sinovi o‘tkazildi. Ushbu test maktabning xorijiy tillarni o‘qitishga hamda ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilganligini inobatga olib ona tili va adabiyot, ingliz tili hamda tarix fanlaridan o‘quvchilar test topshirdi.
Kelgusida maktabning bitiruvchi sinflari o‘zlari istagan oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinib, yurtimizga kerakli mutaxassis bo‘lib kamol topadilar degan umiddamiz.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

👉TelegramI OromgohI FacebookI O‘zbegim👈
NEGA SHE’R O‘QITAMIZ

She’riyat turli davrlarda bir qancha o‘zgarishlarga, to‘siqlarga, sinovlarga uchragan. Ammo hech qachon yo‘q bo‘lmagan, yashab kelmoqda. Boisi, unga “jon”ni Yaratganning o‘zi beradi. Estetik zavq ulashuvchi misralar tarbiyaviy ko‘mak, yorug‘ yo‘l bera olgani uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. Qolaversa, she’riyat – bu ifoda shakli hamdir. Uni yozish esa ushbu maqolada so‘z yuritayotganimizdek, his-tuyg‘ularimiz va fikrlarimizni tashqariga chiqarishga imkon beradi.
Joriy yilning fevral oyida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bosh murabbiyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘ktamxon Soliyevaning she’riyatning ta’limiy ahamiyati hususida “Nega she’r o‘qitamiz” mavzusida yozilgan maqolasi o‘zbek va ingliz tillarida ilmiy jurnal va konferensiyalarga nashr etish uchun taqdim etildi va tasdiqlandi. Ingliz tilida AQSHning Filodelfiya shtatida nashr etiladigan “Internatitsional Scientific” jurnali va Polsha davlatida nashrdan chiqdi.


TelegramI OromgohI FacebookI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom: Zahiriddin Muhammad Bobur
🏫 Erkin Vohidov ijod maktabi
2021 yil 13-fevral, shanba

BAYRAMLAR:

- 🇺🇳Jahon radio kuni
- 🇦🇲Armanistondagi Terendez bayrami

TARIXDA BUGUN:

- 1689 Angliyada Sharafli inqilob.
-1784 Rossiya tarkibida Qrimtashkil topdi.
- 1842 yil - Nikolay I Sankt-Peterburg - Moskva temir yo'lini qurish to'g'risida farmonga imzo chekdi
- 1895 yil - dunyo kinosining boshlanishi: aka-uka Lumiere birinchi kinokamera uchun patent oldi
- 1925 — OʻzSSR tashkil topdi.
-1945 — Drezden shahri (tasvirda)bombardimon qilindi.
- 1945 yil - Budapeshtda Sovet qo'shinlarining hujum operatsiyasi tugadi
- 1988 yil - erkin usulda chang'i sporti Olimpiya o'yinlari dasturida
- 1988 yil - qisqa trek - Olimpiya o'yinlarida shkortli o'yinlarning debyuti

TAVALLUDLAR:

- 1744 yil - Devid Alan - Shotlandiya rassomi
- 1769 yil - Ivan Krilov - rus shoiri va masalnavist
- 1806 yil - Vladimir Kornilov - Rossiya harbiy rahbari, vitse-admiral, Qrim urushi qahramoni

Ulanish👇
@kalendarlar

Kalendar voqealari
📽 "Ижодий учрашув" кўрсатуви

Кўрсатув меҳмони Ўзбекистон халқ шоири Усмон Азим

15 феврал, 20:50

➡️ @mm_telekanal
2021 yil 1⃣5⃣-fevral, dushanba

BAYRAMLAR:

- 🇷🇺Vatandan tashqarida rasmiy burchni bajargan ruslarni xotirlash kuni
- 🇧🇾Belorussiyadagi internatsionalist askarlar xotirasi kuni
- 🇺🇦Ukrainadagi boshqa davlatlar hududida harbiy harakatlar qatnashchilarini sharaflash kuni
- 🇺🇳Xalqaro onkologik kasalliklar kuni
- 🇷🇸Serbiyada mustaqillik kuni
- 🇨🇦Kanada davlat bayrog'i kuni

TARIXDA BUGUN:

- 1045 —Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi
- 1820 yil - fizik Xans Oststed elektr energiyasining magnit ta'sirini kashf qildi
- 1895 yil - Gnesins nomidagi Rossiya musiqa akademiyasining tug'ilgan kuni
- 1919 yil - Katta drama teatrining tug'ilgan kuni (bugungi kunda - Tovstonogov nomidagi katta teatr)
- 1942 — Yaponiya Singapurni bosib oldi
- 1947 yil - SSSRda Sovet fuqarolari va chet elliklar o'rtasida nikoh taqiqlangan
- 1989 yil - Sovet qo'shinlarining Afg'onistondan chiqarilishi tugadi
- 1994 yil - Rossiyada Prezident hokimiyatining ramzi - Rossiya Federatsiyasi Prezidentining standarti rasmiy ravishda kiritildi
- 2005 — YouTube sayti ishga tushdi.
- 2013 yil - Chelyabinsk orqali meteorli yomg'ir yog'di

TAVALLUDLAR:

- 1564 - Galileo Galilei - italiyalik olim - fizik va astronom
- 1710 yil - Lui XV - Frantsiya qiroli (1715-1774)
- 1786 - Mariya Romanova - buyuk rus malika, Saxe-Veymar-Eyzenaxning Buyuk gertsogi
- 1798 yil - Mixail Narishkin - rus zodagoni, Dekembrist
- 1823 yil - Li Xongjang - xitoylik amaldor

OBUNA BO‘LING:
👉 @kalendarlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг 538 йиллиги | Эркин Воҳидов номидаги ижод мактаби
#14feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
MEN BAHORMAN!

Men bahorman!
Ko‘ksimda bahoriy lolalar ochgan,
Qalbimda gullaydi ezgulik, chaman.
Yuragim juda ham buyuk, cho‘qqidur
Tuprog‘im hayotbaxsh, uni sevaman.

Men bahorman!
Hattoki, toshdan ham nihol o‘stirib,
Bulutlar ko‘zidan tomchilatib yosh,
Muzlagan jilg‘alar chiqar otilib,
Nurli taftlari ham men uchun quyosh.

Men bahorman!
Hech kim topolmagan g‘uncha atirgul,
Anjir gullarini gullatib qo‘ygum,
Hech kim topolmagan g‘uncha barglarim
Kiprikday chizaman ko‘zlarni mahsum.

Men bahorman!
Ey muhtaram, aziz, buyuk shoirlar,
Yangidan yangiroq gullar ochaman,
Hali ko‘rib turing, sizlar do‘stlarim,
Olov muhabbatga yo‘llar ochaman.


Men bahorman!
Yaxshilik ismimning egizi bo‘lgan,
Sizni gullatadi har bitta onim,
Hech kimsa aytmagan qo‘shiqlarimni
Jo‘r bo‘lib aytadi O‘zbekistonim.

Men bahorman!

Xojiakbar Ziynatshoyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi.
Forwarded from Nodirabegim
Эътиборингизга Фарғона вилояти Марғилон шаҳрида жойлашган Эркин Воҳидов ижод мактаби ўқувчилари ижодидан намуналар тақдим этмоқдамиз. Ёш шоирларнинг ижодига баркамоллик тилаймиз.

Ўқиш: https://nodirabegim.uz/archives/3735
Ey Dil
Sherali Jo'rayev
Taqvodin aloqang shart uzgil ey dil...