#qaror_ijrosi
IJOD MAKTABLARINI KASB-HUNARGA O'RGATISH
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining 2024-yil 4-apreldagi 33-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilariga bosma shakldagi kutubxona resurslarini skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#hududlardan_xabarlar
⏺Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.
⏺Koreya Respublikasining hududiy ta’lim qo‘mitasi vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
⏺Guliston, Qarshi shahridagi Prezident maktablari o‘quvchilari yuqori natija bilan xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Start-Up” loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi va Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan muloqot o‘tkazildi.
⏺Toshkent, Nurafshon, Namangan
shahridagi Prezident maktablari, Halima Xudoyberdiyeva, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablari, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Xalqaro tinchlik kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida Urganch tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ijodiy tanlov e’lon qilindi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⏺Chiroqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yosh akademiklar” klubi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
⏺Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi pedagoglari o‘zaro tajriba almashdi.
⏺Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxona fondiga qiymati 25 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi topshirildi.
⏺Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi va Sirdaryo viloyat yoshlar texnoparki o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ICT WEEK haftaligida ishtirok etdi.
⏺Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.
⏺Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi ta’lim maskanlari pedagoglari ishtirokida yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#tarix_fani
⏳ Bugun Tarix fanidan 8- A,B,D sinflar oʻrtasida oʻtilgan mavzularimiz yuzasidan "ZAKOVAT" intelektual oʻyini oʻtkazildi.
🎁 Musobaqa juda qiziqarli va murosasiz oʻtdi va kichik farq bilan 8- "D" sinf gʻalaba qozondi.
📝Bugundan boshlab davomiy mana shunday (sinflar oʻrtasida) musobaqani oʻtkazishni maqsad qildik.
✅ Oʻylaymizki, raqobat bor joyda albatta rivojlanish boʻladi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
⏳ Bugun Tarix fanidan 8- A,B,D sinflar oʻrtasida oʻtilgan mavzularimiz yuzasidan "ZAKOVAT" intelektual oʻyini oʻtkazildi.
🎁 Musobaqa juda qiziqarli va murosasiz oʻtdi va kichik farq bilan 8- "D" sinf gʻalaba qozondi.
📝Bugundan boshlab davomiy mana shunday (sinflar oʻrtasida) musobaqani oʻtkazishni maqsad qildik.
✅ Oʻylaymizki, raqobat bor joyda albatta rivojlanish boʻladi.
🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#zakovat
🔰“ZAKOVAT” intellektual saralash o‘yinining navbatdagi bosqichi
✅Mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ijod maktabi umumiy jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual saralash o‘yinining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
🎉Shijoatli yoshlarimizga, jamoalarimizga kelgusi o'yinlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!!!

#uchrashuv
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Harbiy kafedrasi katta oʻqituvchisi podpolkovnik Z. Xakimov va Tergov faoliyati kafedrasi professori podpolkovnik Z. Jabborov ishtirokida ijod maktabi oʻquvchilari bilan Mahorat darsi oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida oʻqotar qurollarning taktik-texnik tavsifi, qoʻllash tartibi va qoidalari, shuningdek, oʻqotar qurollarni notoʻliq qismlarga yoyish va yigʻishni amaliy bajarish tartibi oʻrgatildi.

Forwarded from Erkin Vohidov ijodi
🫡🤫 ҲАЗИЛКАШЛАР ҚИШЛОҒИ
Бизнинг қишлоқ ажойиб ер,
Халқи қувноқ ва дилкаш.
Бунда ҳамма аскиябоз,
Бунда ҳамма ҳазилкаш.
Мисол, бўзчи қассоб дўстдан
Мантибоп гўшт сўрайди.
Қассоб кафтдек чандир билан
Муштдек суяк ўрайди.
Бўзчи қарздор бўлиб қолмас,
У ҳам тўла “ҳиммат”га.
Қассоб келса бўзни сотар
Уч баробар қимматга.
Икковидан ошиб тушар
Қувноқликда сартарош.
Сочга сал тиғ тегизса бас,
Юриб бўлмас ялангбош.
Шифокор ҳам қувноқ одам,
Ҳазилларни кечирар.
Кўзи оғриб келганларга
Сурги дори ичирар.
Бизнинг қишлоқ ажойиб жой,
Халқи қувноқ ва дилкаш.
Бунда ҳамма аскиябоз,
Бунда ҳамма ҳазилкаш.
Алдоқчисан, демас ҳеч ким
Тилимиздан оқса бол.
Оқсоқолни биз алдаймиз,
Бизни алдар оқсоқол.
Уста девор қурса, ғиштни
Қинғир-қийшиқ теради.
Хўжайин ҳам ҳазил ишга
Ҳазил маош беради.
Талабалар китоб кўрмас,
Очмас бирор саҳифа.
Домла – қувноқ, дарс ўрнига
Айтиб берар латифа.
Бизларда бор қизиқ-қизиқ
Оламда йўқ одатлар,
Шамолларга пул совуриб,
Биз қиламиз роҳатлар.
Тўй қиламиз, ашуладан
Қулоқ келар қоматга.
Ҳофиз ўзи ёқа ушлаб,
Ҳайрон бизнинг тоқатга.
Бизга тинчлик керак эмас,
Зерикамиз, озамиз.
Зерикканда юқорига
Юмалоқ хат ёзамиз.
Тегажоқмиз, оёқ чалиш,
Йўлга чуқур кавлаш нақд.
Қоқилганни кўриш маза,
Йиқилганга қараш бахт.
Биз куламиз, қўшнимиздан,
Дўстимиздан куламиз.
Мазза қилиб ўзимизнинг
Устимиздан куламиз.
Бизнинг қишлоқ ажойиб ер,
Халқи қувноқ ва дилкаш.
Бунда ҳамма аскиябоз,
Бунда ҳамма ҳазилкаш.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Дафтарда қолган сатрлар"дан
👇👇👇
🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐https://t.iss.one/erkinvohidovijodi
🌐 www.erkinvohidov.com

#hamkorlik
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-147-son qaroriga asosan FarDU hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda 9-, 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot fanidan olmpiada hamda Erkin Vohidov ijodida “Inson va tabiat munosabatlari” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
💥Unda quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:
9-sinflar o‘rtasida:
🥇Humora Saydaliyeva 1-o‘rin;
🥈Hojira Kamoliddinova 2-o‘rin;
🥉Rahimaxon Nosiraliyeva 3-o‘rin.
10-sinflar o‘rtasida:
🥇Shahlo Safarova 1-o‘rin;
🥈Gulnoza Bahromova 2-o‘rin;
🥉Gulyora Hoshimjonova 3-o‘rinni egalladilar.
📈Tanlovni FarDU Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti Mirolim Xamidov olib bordi va hakamlik qildi.