Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#imtihon
#uchinchi_kun

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ikkinchi bosqich ijodiy suhbatning 3-kuni boshlandi.

O‘tkazilayotgan imtihon jarayonlarida 7-sinflar yakunlanib, bugundan 8-, 9-, 10-sinflar jalb qilinmoqda…

🔖Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.


🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
#imtihon
#uchinchi_kun

📁Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ikkinchi bosqich ijodiy suhbatning 3-kuni davom etmoqda...

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi:

✔️ona tili va adabiyoti fanidan (20 ta topshiriq);
✔️ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq);
✔️intellektual darajasi boʻyicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari oʻtkaziladi.

Imtihonga nomzodlar oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va imtihon uchun ruxsatnomasini olib kelishi shart.

Oʻquvchilarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra ballari teng boʻlib qolganda quyidagilar ustunlikka ega boʻladi:

❇️birinchi bosqichda yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga;

❇️ikkinchi bosqichda yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga;

❇️uchinchi bosqichda eng koʻp topshiriq berilgan fandan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilarga.

📶Oʻquvchilar barcha toifadagi savollar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan hollarda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchiga ustunlik beriladi.

Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan topshirilgan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar berildi.
⚡️Talabalikka yo‘l milliy sertifikat bilan!!!

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni “avval test, keyin tanlov” tamoyiliga asosan tashkil etiladi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyunda yakunlandi.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar orasida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan Cho‘liyeva Munavvara G‘ayrat qizi ham bor. Munavvara uchun “avval test” tamoyili amal qilmaydi. U faqat tanlovda ishtirok etadi. Buning boisi shundaki, Munavvara agentlik tomonidan o‘tkazib kelinayotgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, oltita fan – biologiya, kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix, matematika hamda ingliz tilidan sertifikatni qo‘lga kiritgan.

🇺🇿Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

💯 Munavvara maktabni joriy yil tamomlagan. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan hamda mazkur fanlardan maksimal ball beradigan darajali sertifikatga ega. Shuning bilan birga, Munavvarada majburiy fanlardan ham milliy sertifikat mavjud bo‘lib, bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganligini bildiradi.

‼️ Shuningdek, Munavvara ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan. Test sinovlarida ingliz tilidan imtihon topshirmasa-da, zamon talabidan kelib chiqqan holda ingliz tilidan B2 darajali milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan!

⭐️ Agentlik jamoasi Munavvara Cho‘liyevani eng yuqori natija bilan qutlaydi! Uning ota-onasiga, ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildiradi!

🏆 Omad senga, Munavvara!!!



✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Нигора
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Нигора
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Нигора
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zomin seminari mushoira bilan ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal