Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#ijod_maktabi
#fargʻona_oqshomlari
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

🤩Xabar berganimizdek, Farg‘ona shahri Ahmad al- Farg‘oniy nomidagi oromgohda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "She’riyat bazmi" bo‘lib o‘tadi.

👑Bugungi dasturimiz mehmoni xush ovoz xonanda Abdujalil Qo‘qonov o‘zining ko‘ngilga malham kuy, qo‘shiqlari bilan ishtirok etadi.

Kelmasangiz bo‘lmaydi, ijodiy kechamizni o‘tkazib yubormang.

🗓 14-fevral
15:00
🗺Bizning manzil: Farg‘ona shahri Ahmad al- Farg‘oniy nomidagi oromgoh

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ERKIN VOHIDOV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕌 Ўз ватанидан хазон япроғидек узилиб кетган шоир ўз қалби билан, жони билан туғилиб ўсган ватанида, қисмат уни юртдан айирган бўлса-да, юрт меҳридан айирган эмас.
Ахир уни ватанидан жудр қилган - тожпараст шаҳзодалар, вафосиз қариндошлар, хулласи - бешафқат замон, гардуни дун- чархи кажрафтор...

Бобур бу оқибатсиз элни, қадр билмас улусни тарк этиб ғурбатни ихтиёр қилди ва ғурбат азоби қанчалар мушкул бўлмасин, бу тоифадан ўзини қутқаргани учун шоир шукрона айтади:

Хазондек қон ёшим, сориғ юзимдин эл танаффурда,
Ба ҳар ранге, биҳамдиллаҳ, улусдин ўзни қутқордим.

Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов

👇👇👇

🌐 www.facebook.com/evohidov
🌐 www.t.iss.one/Erkin_Vohidov
🌐 www.erkinvohidov.com
Audio
БОБУР МИРЗО ҒАЗАЛИГА ЭРКИН ВОҲИДОВ МУХАММАСИ (1968 й)
ШЕРАЛИ ЖЎРАЕВ ИЖРОСИДА (1968 й)

Етолмай қоматим ёдур неча ойким, ҳилолингга,
Қаро кўз мардуми йиғлаб тикилмоқ бирла ҳолингга,
Қачон ул тотли кун келгай, етарман лаҳза болингга,
Қачон бўлғай, мушарраф бўлғамен, жоно, жамолингга,
Қутулғаймен фироқингдан, етишгаймен висолингга?

Қаро бўлмиш, не тонгким, рўзигорим қора ул кўздин,
Қаро ўқ отди киприклар, кўнгилда ёра ул кўздин,
Ўзим собитман ишқда, кўз ёшим сайёра ул кўздин,
Кўз очқил боққаниким, бўлмишам бечора ул кўздин,
Лаб очқил сўрғаликим, ташна бўлмишман зилолингга.

Саломим еткур, эй хуршид, нигорим кўйидан ўтсанг,
Ғуборин кўзга сур остонасига бош уриб етсанг,
Бўл огоҳким, юзин кўргач ажаб йўқдир куйиб кетсанг,
Ул ойнинг юзи бирлан тўш уриб даъвойи ҳусн этсанг,
Яқин бўлди букунким, эй қуёш, еттинг заволингга.

Нетар мендан бориб, булбул, анга шарҳи кўнгил этсанг,
Ўзинг кўнглим бўлиб борсанг, анинг кўнглини гул этсанг,
Керакмас, ғамларим сўйлаб агар кўнглин малул этсанг,
Кабутар, элтасан хатим, не бўлғай гар қабул этсанг,
Кўнгулни боғласам ул нома янглиғ парру болингга.

Асири банди зулфингман, демам Эркинни озод эт,
Куйибман доғи жабрингдан, демасман тарки бедод эт,
Мени банд эт, менга жабр эт, ҳаётим майли барбод эт,
Белингдин ким хаёлидур, йироқдурман, мени ёд эт,
Умидим борки Бобурдин, етишгаймен хаёлингга.
#ijod_maktabi
#fargʻona_oqshomlari
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

🤩Xabar berganimizdek, Farg‘ona shahri Ahmad al- Farg‘oniy nomidagi oromgohda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "She’riyat bazmi" boshlanmoqda...

Kelyapsizmiiiii????

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#fargʻona_oqshomlari
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

📣FARG’ONA OQSHOMLARI

🤩Ahmad al Farg‘oniy nomidagi oromgohda O’rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "FARG’ONA OQSHOMLARI" she’riyat bazmi bo’lib o’tdi.

Farg’ona viloyat hokimligi, Farg’ona davlat universiteti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi, Farg’ona viloyat axborot kutubxona markazi, Fargona viloyat teleradiokompaniyasi, Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamkorligida o’tkazilgan adabiy kechada madaniyat xodimlari, harbiy xizmatchilar, ijodkor yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

🇺🇿She’rxonlik kechasida yosh ijodkorlarning she’riy namunalari, ohangi, undagi tuyg’ular barchani ruhlantirdi, yana bir bor kitobga oshno qildi.

Bu bayramning asosiy maqsadi zamonaviy jamiyatning madaniy hayotida adabiyotning muhim ahamiyatini ta’kidlash, viloyat ijodkorlarini birlashtirish hamda ularga o’zlari haqida bildirishlari uchun imkoniyatlar berish, she’riy tarzda o’zini ifodalash orqali tilimizni qo’llab-quvvatlash hamda adabiyotni tushunish hissini berishdan iboratdir.

🦁Ushbu bayram she’riyatning rivojlanishiga ko’maklashish uchun mo’ljallangan bo’lib, yosh ijodkorlarni elga tanitish, xalqimizga she’riyatni o’qitishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🇺🇿Dunyo san’atsiz qulaydi, so’zsiz uning ajralmas qismi she’riyat hisoblanadi va biz buni doimo yodda tutishimiz kerak.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM