Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.04K subscribers
12.1K photos
1.46K videos
57 files
4.24K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda maktablar va maktab ta’limiga 46 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

Videoselektor yig‘ilishida matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan 2022-yilgi PISA xalqaro dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatganligi aytib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Joriy yilda Prezident maktablari ta’lim dasturi yana 1 mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.

Yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor va salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda:

- maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;

- o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

🤩O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa...

✏️Erkin Vohidov, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

🤩Ilohiy bir sirdir Navoiy

✏️Enaxon Siddiqova, O'zbekiston xalq shoiri

📹Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​QUYOSHGA MENGZAYDI O‘ZBEK

Yaxshiga yaxshilik istash oson. Biroq yomonga yaxshilik sog‘inish dushvor. Yomonlik qilgan kimsaga nisbatan ham bag‘rikeng, kechirimli bo‘lish, hatto g‘animiga ham Yaratgandan yaxshilik tilash o‘zbekning asl tabiatida bor. O‘zbek bu fazilatiga ko‘ra quyoshga mengzaydi. Chunki quyosh obod manzilga ham, vayronaga ham, shohning saroyiga-yu gadoning kulbasiga ham bir xil nur taratadi. O‘zbek ham fitratan ezgulikka moyil etib yaralgan, hammaga, hatto o‘ziga tosh otganga ham yaxshilik qilishga qodir. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov she’riyatida millatimiz xarakterining ana shu jihati betakror talqin etilgan. Ulug‘ shoirning “Kechir, yo Rab” radifli g‘azali buning yorqin misolidir:

Menga tosh otdi bir johil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men,
U quldir, bandai g‘ofil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.
Jahonda fitnalar bordir,
Adolat gohi nochordir,
Adolat qil, o‘zing odil,
Kechir, yo Rab, kechirdim men.

Shoir lirik qahramoni tubanlikka tubanlik bilan javob qaytarishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Voqelikka insoniy kamolot cho‘qqisidan turib baho beradi. Qabihlik bois yomon holga tushgan, xato o‘qqa nishon bo‘lgan esa-da, ag‘yorini kechira oladi. Hatto u siniq odamning siniq iymoniga motam tutadi. Haq taolodan uning diliga e’tiqodni jo aylashni so‘rab iltijo qiladi, g‘animining Qiyomatda xijolatli holga tushishidan panoh so‘raydi. Asli nokomil bo‘lgan odamzod yanglishmoqqa moyil ekanini aytib, toshotarning afv etilishini tilaydi. Samimiyat va badiiyatning bu darajada uyg‘unlashuvi nazmiy ijoddagi noyob hodisa. O‘zbekning fitratini, pok ruhiyatini bunchalik teran ifodalash hamma ijodkorga ham nasib etavermaydi. Bu esa, o‘z navbatida, Erkin Vohidov she’riyatining umrboqiyligiga dalil bo‘la oladi.

Nurboy Jabborov
#seminar

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ijod maktablari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejaga muvofiq 7-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan “Robototexnika” asoslarini o‘rgatishga yo‘naltiriladi.

Robototexnika fani o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminar-treningi tashkil etildi.

Seminar joriy yilning 8-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube