Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
1.05K subscribers
12.2K photos
1.46K videos
57 files
4.25K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
#ochiq_dars_mashgʻuloti

📚Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Rus tili fani o'qituvchisi Soliyeva Zuhraxon tomonidan 7-"B" sinfida ochiq dars mashg'uloti tashkillandi.

🔖Dars mavzusi Отрицательные местоимения- Inkor etuvchi olmoshlar.

📗O'quvchilar rus tilida qachon va qaysi olmoshdan foydalanishlarini o'rganishdi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI O‘zbegim InstagramI 👈
Forwarded from Abduhayot Abduqodirov
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
#bizning_ijod
#tanlovga

“TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR”

Tog‘ ortidan ko‘taradi bosh,
Uyg‘oninglar farzandlarim deb.
Ona kabi mehribon quyosh,
Anduh chekar ich-ichini yeb.

Har kun o‘ylar farzand haqida,
O‘y suradi tundan tonggacha.
Yangrab qoldi tog‘dan aqida,
Jarangladi to gardungacha.

Oh, bu qanday aqida,
Zir titradi tog‘lar ham hatto.
So‘z aytolmas hech kimsa bunda,
Xurshid, falak, inson ham hatto.

Zero quyosh sochar ekan nur,
Nuroniydek hisor tog‘lari.
Chaqiradi jannatdan bir hur,
Farq qilmaydi so‘lim bog‘lari.

Toki quyosh sochar ekan nur,
Inson zoti hech ham o‘lmaydi.
Shul sabab ham “Xurshid” ekan dur,
Quyoshimiz hech ham so‘lmaydi.

✍️Tursunali Davlataliyev, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-“D” sinf oʻquvchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
#To_quyosh_sochgayki_nur_tanlovi

🎙 Mirzayeva Muborak
🏫 Oltiariq tumani 20-IDUM

🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI  OromgohI   FacebookI YoutubeI InstagramI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири ЭРКИН ВОҲИДОВ таваллудининг 87 йиллиги олдидан

Эркин Воҳидов оиласи, Эркин Воҳидов ижод мактаби ҳамда Фарғона вилоят телерадиокомпанияси ҳамкорликда
ТО ҚУЁШ СОЧГАЙКИ НУР...
анъанавий танловига старт беради.

Ёш-у қари, шаҳар-у қишлоқликлар, шоир-у носир, олим-у фозил, О.А.В вакиллари ва блогерлар, дипломи бор-йўқ, ўқиган-ўқимаган, амалдор-у амаллаганлар, аллачи-ю яллачилар, ҳамма-ҳаммани, энг муҳими, адабиётсеварлар, шоирнинг чин мухлисларини чорлаб қоламиз!

Йўналишлар:

1."Эркин Воҳидов ҳаёти ва ижодининг фаол тарғиботчиси"
2."Энг яхши видеоролик"
3."Энг яхши ижодий асар"

Ижодий ишлар 5-декабрдан 20-декабргача қуйидаги телеграм манзилда қабул қилинади: https://t.iss.one/erkinvohidov_admin

Мукофот?
Албатта бор!

1-ўрин НОУТБООК ҲП 250;
2-ўрин ПЛАНШEТ Редми Пад се 2023;
3-ўрин ТEЛEФОН Редми Глобал 13С.

Яна саволлар бўлса, операторларимизга боғланишингиз мумкин:
+998 99 997 39 61
+998 99 858 26 91

Telegram
Erkin Vohidov ijod maktabi
#muzey_boʻylab_sayohat

📁Vatanimiz tarixi, xalqimizning ozodlik uchun kurash yoʻli haqida aholining bilimini oshirishda muzeylarning oʻrni muhim.

📋Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi.

📕Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi.

🔖Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotga, tarixga qiziqqan o‘quvchilar qalbida o‘ylaymizki, bugungi kuniga va kelajagiga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkamlanadi.


🔍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI InstagramI👈