Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
971 subscribers
12.6K photos
1.49K videos
58 files
4.37K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

Bizni quyidagi manzillarda ham kuzatib boring⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️
https://taplink.cc/erkin_vohidov_ijod_maktabi
Download Telegram
Men toʼgʼrilik orqasida, bosh ketsa «ix» deydirgan yigit emasman.
...Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylosi,
Nasib o‘lmish menga gulshan aro gullarning Ra’nosi...

"Anvar va Ra’no mushoirasidan"
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
Интернет ва ижтимоий тармоқларда фаолмисиз?

Медиа оламнинг ижобий ва салбий жиҳатларини фарқлай оласизми?

Медиасаводхонлик ва ахборот маданияти сизни қизиқтирадими?
✍️✍️✍️✍️✍️

🗂 Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги аҳоли медиасаводхонлигини ошириш, ахборот оқимидан фойдали ва зарарли хабарларни ажрата олиш кўникмасини шакллантириш юзасидан қатор лойиҳаларни жорий этишни мақсад қилган.

📝 Шунга кўра, медиасаводхонлик борасида аҳолининг билим даражасини аниқлаш учун кичик сўровнома ўтказилмоқда. Юртдошларимиздан қуйида келтирилаётган сўровда фаол қатнашишни сўраймиз!

🇺🇿Ўзбек тилида сўровнома

🇷🇺Опросник на русском языке
〰️〰️〰️〰️

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📚Анъанавий III Республика «Китобхонлик ҳафталиги»га марҳамат қилинг

🗣 Жорий йил 10-15 апрель кунлари Ахборот ва оммавий коммуникациялари агентлиги ташаббуси билан «Китобсевар миллат» шиори остида ташкил этиладиган анъанавий
III Республика «Китобхонлик ҳафталиги» бўлиб ўтади.

☑️ Ҳафталик доирасида республика миқёсидаги нашриётлар томонидан чоп этилган янги маҳаллий ва хорижий китоблар тақдимоти, китобсеварлар учун турли маҳорат дарслари, мутолаа тадбирлари, ёзувчи ва адиблар билан учрашувлар, давра суҳбатлари ва бошқа қатор маънавий-маърифий дастурлар ўрин олган.

➡️ «Китобхонлик ҳафталиги» дастури билан қуйидаги ҳавола орқали танишинг ва ҳафталикда иштирок этинг.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOGʻ BILAN SUHBAT

Deyman: Bulutlarga chulgʻangan, oppoq
Tumanli boshingga quyosh toʻkar nur.
Kimsanki, qarshimda yuksalib magʻrur,
Uzoq-uzoqlarga boqasan, oʻrtoq?
Aks sado der: — Togʻ!..
Deyman: Gʻorlaringga qoʻyganman qadam,
Ulkan qoyalaring quchib oʻtganman.
Ustingdan necha bor uchib oʻtganman.
Kimmanki, shunchalar yuksak irodam?
Aks sado: — Odam!..
Deyman: Quvonchingga tor kelur jahon,
Tongdan boshlanarkan bagʻringda gurung.
Nimadir shunchalar faxring, gʻururing,
Ayt, nelar qilibdi qoʻyningda makon?
Aks sado der: — Kon...
Deyman: Fanlar sari shaxdam yoʻl oldim,
Porloq istiqbolim koʻz tutar menga.
Ishon, bir kun yana kelaman senga.
Ammo kim boʻlib — shu fikru xayolim.
Aks sado: — Olim...
Tilagim shu, oʻrtoq, haqlisan butkul,
Ilmlar togʻi bor qarshimda hali,
Javohirlar toʻla bagʻring ochgali
Quchogʻingga yana kelaman, kutgil!
Aks sado der: — Kel!

©️Erkin Vohidov

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
FARGʻONALIGIM

Chunon hurlikka xos, fargʻonaligim,
Ey mening menga mos, fargʻonaligim.

Seni taʼriflashga turkiy tilimning,
Soʻzlari boʻlur oz, fargʻonaligim.

Ajab dugonalar sen bilan birga –
Karashma, ishva, noz, fargʻonaligim...

Mening shu turishim Qaysga hamohang,
Laylidan iqtibos, fargʻonaligim...

Sen bogʻda ochilgan atirguldirsan,
Men bulbul, tutgan soz, fargʻonaligim...

Ilhom pariyimsan qarshingda Erkin,
Qoʻshilib sheʼrlar yoz, fargʻonaligim.

✍️Erkin HOJIMUHAMMAD, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Harbiy vatanparvarlik va o'quv metodika bo'limi yetakchi mutaxassisi.

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Yoshlik_ilhomlari

Nega menga ertaroq,
Sevishingni aytmading...

✍️Hojiakbar Ziynatshoyev ijrosida

🔎Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉TelegramI OromgohI FacebookI YoutubeI O‘zbegim👈
Forwarded from ijodim
​​#ijod\_bogi\_oqshomlari

"IJOD BOG'I OQSHOMLARI" ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA

Toshkenti azizdan tashrif buyurgan ijodkor ustozlar, yosh iste’dod egalari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida she'rxonlik kechasida!

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijod ayvoni yana ijodkorlarni o‘z bag‘riga oldi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "IJOD BOG'I OQSHOMLARI" loyihasi o‘tkazildi.

Bugungi loyihamiz mehmonlari Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashev, Ma’mura Zohidova, Shodmonqul Salom, Dadaxon Muhammadiyev, Navoiylik Alisher hamda bir guruh ijodkorlari qatnashishdi. She’rxonlik kechasida Bek Ali, Quvonchbek G‘aybullayev, Alisher Sabriy, Iroda Rahmonaliyev, Islombek Qo‘chqorovning she’rlari ijod maktabining o‘quvchilari qalbida iliqlik, jaydarilik tuyg‘ularini uyg‘otdi.

She’rxonlik kechasida ustoz ijodkorlarning she’rlari, ohangi, unda tuyg‘ular barchani ruhlantirdi, yana bir bor kitobga oshno qildi. Tadbir yakunida she’riyat kechasida faol ishtirok etgan, o‘z she’rlari bilan barchani lol qoldirgan ijodkor o‘quvchilarimizni ustozlar o‘zlarining kitoblari bilan siyladilar.

Biz yana yondik, biz yana olovlandik, biz yana lol qoldirdik…

“Isteʼdodli adib hayotida ikki marta xatarli bosqichdan oʻtadi. Birinchisi – nimaiki yozmasin chiqarishi mushkul boʻlgan palla. Ikkinchisi – nimaiki yozmasin, chiqarishi oson boʻlgan palla. U birinchi bosqichdan eson-omon oʻtadi. Ammo ikkinchi bosqichdan oʻtishi ogʻir, juda ogʻir…”.
"IJOD BOG'I OQSHOMLARI" ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA
"IJOD BOG'I OQSHOMLARI" ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA