Bugun buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari yigʻilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutlab, ulugʻ bobokalonimiz xotiralarini abadiylashtirish, u kishi qoldirgan adabiy, ilmiy merosni oʻrganish, butun dunyoga targʻib qilish yuzasidan davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan katta ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi.
Dunyoda tahlikali vaziyat kuzatilayotgan, maʼnaviy xurujlar ortayotgan bir paytda Alisher Navoiy kabi ajdodlarimiz qoldirgan ulkan xazinani oʻrganish, yoshlar ongu shuriga singdirish, asarlarida aytilganidek, xalq dardi bilan yashash, aql-idrok bilan, birlashib bilimlarni amaliyotda qoʻllash orqali koʻzlangan ezgu maqsadlarga erishish mumkinligi qayd etildi.
Nafaqat tugʻilgan kunlarda, balki doimo yod etib borish maqsadida Navoiy haykali joylashgan xiyobonda qulay shart-sharoitlar yaratilishi maʼlum qilindi.
“Bunaqangi koʻkalamzor, salqin joyda Navoiy haykali poyi atrofida Navoiy kunlari, Navoiy gʻazallariga bitilgan qoʻshiqlar tadbiri, sheʼrxonliklar oʻtkazish kerak. Bu yer doimo yoshlar bilan, odamlar bilan gavjum boʻlishi kerak”, - dedi viloyat rahbari.
Bir-ikki hafta tayyorgarlikdan soʻng xiyobon yanada koʻkalamzorlashtirilib, oʻrindiqlar koʻpaytirilib, Wi-fi zona tashkil etilishi, QR-kodlar orqali Navoiy haqidagi maʼlumotlarni, barcha asarlarni oʻqish imkoniyati yaratilishi maʼlum qilindi.
Tadbirda Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchilari, filologiya fanlari doktori Qahhor Yoʻlchiyev, fan nomzodi Rustam Umrzaqov, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovridori Goʻzal Oxunovalar ham Navoiy asarlari, uning davlat arbobi sifatida tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdilar. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan Alisher Navoiy gʻazallaridan namunalar, sheʼrlar oʻqildi. Shoirga ehtirom tadbiri soʻnggida yigʻilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyib, hurmat bajo keltirishdi.

Forwarded from ijodim
MA’NAVIYAT BAYROG‘IDIR – NAVOIY
Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “MANAVIYAT BAYROG‘IDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Farg'ona viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Maftuna Odilxujayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, harbiy xizmatchilar viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Marg‘ilon shahar 8-sonli musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan dillarga yaqin Navoiyning ijodidan bastalangan go‘zal qo‘shiqlari, ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyishi, ijod bog‘idan guldastalar, bahr-u bayt, she’riy aytishuvlar hamda maktamning drama teatr to‘garagining sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Shundan so‘ng, o‘tkazilgan ijodiy tanlovning turli yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan faol ishtirokchilar diplom va qimmat baho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tanlovda eng yaxshi ijodiy hamkor sifatida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi loyiq deb topildi. Erta tongdan boshlangan tadbirning yakuniy qismi ijod maktabida bayramona kayfiyatda nishonlandi.
✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “MANAVIYAT BAYROG‘IDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi. Tadbir Toshloq, Uchkoʻprik, Yozyovon hamda Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktablar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidа ulug‘ mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “MANAVIYAT BAYROG‘IDIR – NAVOIY” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.